Yengil atletika: “Olimpiya shaharchasi"da Markaziy Osiyo chempionati boshlandi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”dagi muhtasham stadionda yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida III Markaziy Osiyo ochiq chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
300 nafarga yaqin nafar sportchi ishtirok etayotgan musobaqalar yengil atletikaning yugurish, sakrash, uloqtirish va estafeta yo‘nalishlarida tashkil etilmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlari yengil atletlari uchun o‘zaro tajriba almashish, xalqaro maydonda mahoratini namoyish etish va yuqori natijalarni qayd etishga qaratilgan mazkur chempionat 2027-yili Xitoyda (Pekin shahrida) bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun muhim reyting ballarini taqdim etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA