YEIda 15 yoşli öquvçilarning sunʼiy intellekt böyiça savodxonligi baholanadi
Yevropa Ittifoqi 2027-2028 öquv yilidan boşlab 15 yoşli öquvçilarga sunʼiy intellekt haqidagi bilimlarni tasdiqlovçi sertifikat berişni rejalaştirmoqda. Uşbu taşabbus ösmirlarga SI tamoyillarini tuşunişga, maʼlumotlar töğriligini tekşirişga, firibgarliklarni aniqlaşga va texnologiya bilan boğliq xavflarni baholaşga yordam beriş uçun möljallangan.
Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Roksana Minzatu taʼkidlaşiça, SI böyiça öquv dasturlari öquvçilarga nafaqat sunʼiy intellektdan qanday foydalanişni, balki undan qaçon foydalanmaslik kerakligini ham örgatişi kerak.
Öquvçilarning taʼlimdagi yutuqlarini baholaş xalqaro dasturi (PISA) maʼlumotlariga köra, YEIdagi har uç 15 yoşli öquvçidan taxminan bittasi öqiş yoki matematikadan qiynaladi. Bryussel sunʼiy intellektdan samarali foydalaniş örganişni yanada samaraliroq qilişga va taʼlim imkoniyatlarini kengaytirişga yordam berişiga umid qilmoqda.
Yevropa Komissiyasi sunʼiy intellekt savodxonligini rivojlantiriş yoşlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişini çeklaş rejalariga zid kelmasligini taʼkidlamoqda. Minzatuning sözlariga köra, SIdan taʼlimda foydalaniş giyohvandlikka olib kelişi mumkin bölgan platforma algoritmlaridan foydalanişdan farq qiladi.
S.Rahimov, ÖzA