Qirğizistonda qişki turizm infratuzilmasi kengaytirilmoqda
Qirğizistonda qişki turizmni rivojlantiriş, toğ-çanği majmualarini modernizatsiya qiliş va sayyohlar uçun zarur infratuzilmani yaxşilaş böyiça qator loyihalar amalga oşirilmoqda.
Axborot hamkorimiz – “Kabar” AA xabar berişiça, ölkada 23 ta toğ-çanği bazasi röyxatga olingan. Ularning asosiy qismi Çuy va Issiqköl viloyatlarida joylaşgan.
Bişkek atrofidagi “Norus”, “Orlovka”, “Zil”, “Çunkurçak” va “Qaşqa-Suu” toğ-çanği bazalari qişki dam oliş maskanlari hisoblanadi. Issiqköl viloyatidagi “Qoraköl” toğ-çanği majmuasi esa dengiz sathidan 2300 metr balandlikda joylaşgan.
Sohadagi yirik investitsiyaviy loyihalardan biri Issiqköl viloyatida barpo etilayotgan “Ala-Too Resort” toğ-turizm klasteridir. Loyiha Jirğalon, Oq-Buloq va Boz-Uçuk hududlarini qamrab olib, yil davomida faoliyat yuritadigan sayyohlik infratuzilmasini şakllantirişni nazarda tutadi.
Taʼkidlanişiça, uç hududdagi çanği trassalarining umumiy uzunligi 250 kilometrga yetişi rejalaştirilgan. Loyihaning 2026-yil dekabr oyi boşida işga tuşirilişi közda tutilgan birinçi bosqiçida 47 kilometrdan ortiq trassa foydalanişga topşirilişi belgilangan.
Şu bilan birga, Qoraköl şahridan kurortga olib boruvçi avtomobil yölini kengaytiriş, qor köçkisi xavfini kuzatiş va ob-havoni monitoring qiliş tizimlarini örnatiş işlari olib borilmoqda.
Çuy viloyatida esa “Baytik Mountain Resort” toğ-turizm majmuasini taşkil etiş loyihasi amalga oşirilmoqda. Uning doirasida mehmonxonalar, dam oliş va sport obʼektlari, şuningdek, transport va muhandislik infratuzilmasini barpo etiş rejalaştirilgan. 2026-yil avgust oyida loyihani amalga oşiriş böyiça davlat-xususiy şeriklik şartnomasi imzolangan.
Mutasaddi idoralar qişki mavsum oldidan toğ-çanği bazalari, mehmonxonalar, ovqatlaniş şoxobçalari va transport infratuzilmasining tayyorligini tekşirişni rejalaştirmoqda. Ayniqsa, toğli hududlarda yöl harakati xavfsizligi, qor köçkisi xavfini nazorat qiliş va sanitariya şaroitlarini yaxşilaşga eʼtibor qaratilmoqda.
Mahalliy qirğiz turoperatori Sergey Gluxoverovning taʼkidlaşiça, qişki turizmni rivojlantirişda transport qatnovining barqarorligi muhim ahamiyatga ega. Xususan, toğli hududlarda kuçli qor yoğişi va yöllarning vaqtinça yopilişi sayyohlar harakatiga qiyinçilik tuğdirişi mumkin.
Mutaxassis fikriça, Issiqköl atrofidagi yöl infratuzilmasining yaxşilanişi qiş mavsumida ham sayyohlik faolligini oşiriş imkonini bermoqda. Biroq sohaning barqaror rivojlanişi yangi kurortlar qurilişi bilan birga, transport, xavfsizlik va xizmat körsatiş tizimlarini takomillaştirişga ham boğliq.
A.Mamatov, ÖzA