"BelTA": Belarusda energetika sohasining ilğor texnologiyalari namoyiş etilmoqda
Belarus poytaxti Minsk şahrida ötkazilayotgan XXX Belarus energetika va ekologiya forumi doirasidagi “Energy Expo” xalqaro körgazmasida zamonaviy energetika texnologiyalari, raqamli yeçimlar va istiqbolli ilmiy işlanmalar taqdim etildi.
Axborot hamkorimiz - “BelTA” yozişiça, Belarus Energetika vazirligi ekspozitsiyasidan atom energetikasi, elektr tarmoqlari va energiya samaradorligiga oid innovatsion loyihalar örin olgan. Xususan, mamlakat atom elektr stansiyasi hamda radioaktiv çiqindilarni saqlaş va kömiş uçun möljallangan bölajak inşoot maketlari namoyiş etilmoqda.

Şuningdek, taşrif buyuruvçilar energetika tizimi faoliyatini virtual muhitda kuzatiş, sanoatda 3D bosma va teskari muhandislik texnologiyalari bilan tanişiş imkoniyatiga ega. Elektr stansiyalari xodimlarini tayyorlaşga möljallangan raqamli trenajyorlar esa odatiy va favqulodda vaziyatlarni modellaştiriş orqali kasbiy könikmalarni oşirişga xizmat qiladi.
Belarus Fan va texnologiyalar davlat qömitasi raisi örinbosari Tatyana Stolyarova maʼlum qilişiça, körgazmada 19 ta taşkilot va muassasaning 72 ta ilmiy-texnik işlanmasi namoyiş etilmoqda. Ular orasida sunʼiy intellekt, energiya tejamkorligi, elektr transporti va suv resurslarini boşqarişga qaratilgan loyihalar alohida örin tutadi.

Eʼtiborga molik işlanmalardan biri hisoblaş jarayonida hosil böladigan issiqlikdan binolarni isitişda foydalaniş imkonini beruvçi intellektual tizimdir. U yuqori unumdor hisoblaş, sunʼiy intellekt va bulutli xizmatlarni energiya tejamkor isitiş texnologiyalari bilan uyğunlaştiradi.
Bundan taşqari, oğirligi 4 tonnagaça bölgan elektr transport vositalari uçun möljallangan mexatron modul hamda sanoat korxonalarida tozalangan oqova suvdan qayta foydalanişni taʼminlovçi intellektual boşqaruv tizimi taqdim etildi. Sönggi işlanma suv sarfini kamaytiriş va resurslardan samarali foydalanişga qaratilgan.
Tört kunlik forum dasturidan energetika sohasini raqamlaştiriş, sunʼiy intellektdan foydalaniş, elektr transportini rivojlantiriş, tarmoqlarni modernizatsiya qiliş va energetika xavfsizligini mustahkamlaş kabi masalalar örin olgan. Anjumanda xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar vakillari ham iştirok etmoqda.
A.Mamatov, ÖzA