Pekinda global media muloqoti davom etmoqda
Xitoy Xalq Respublikasi poytaxtida “Sinxua” davlat axborot agentligi va Pekin şahar xalq hukumati hamkorligida VII jahon media sammiti öz işini davom ettirmoqda.
Mazkur nufuzli yiğinda dunyoning 112 mamlakat va mintaqasidan 330 ga yaqin ommaviy axborot vositasi, tahlil markazi, davlat idorasi va axborot agentliklarining qariyb 500 nafar vakili iştirok etmoqda.

“Intellektual asrda media: hamfikrlikdan amaliy harakatga” mavzusi asosida ötkazilayotgan tadbir doirasida zamonaviy jurnalistikaning kelajagi, sunʼiy intellekt (AI) texnologiyalaridan samarali foydalaniş hamda global xavfsizlik şaroitida axborot işonçliligini taʼminlaş kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Anjuman kun tartibidan axborot yiğiş, kontent yaratiş va tarqatiş jarayonlarida sunʼiy intellektning qöllanilişi, texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikda köp tilli maʼlumotlar bazalarini yaratiş hamda rivojlanayotgan mamlakatlar (Global South) va kiçik media taşkilotlar uçun samarali AI xizmatlarini taqdim etiş masalalari ham örin olgan. Şu bilan birga, kontent xavfsizligi, algoritmik şaffoflik va jurnalistikadagi haqqoniylikni saqlaş forum muhokamalarining muhim yönalişlarini taşkil etgan.

Konferensiyaning “Pekin yondaşuvi: Xitoy modernizatsiyasini tuşuniş” yönalişi doirasida iştirokçilar Pekin şahrining yangi submarkazi rivoji, tarixiy merosni asraş hamda şahar infratuzilmasini boşqariş böyiça tajribalar bilan yaqindan tanişdi.
Sammitda iştirok etayotgan Özbekiston Milliy axborot agentligi – ÖzA Boş direktori Abdusaid Köçimov global xavfsizlikka tahdidlar kuçayib borayotgan hozirgi şaroitda media muloqot va hamkorlikda rivojlaniş har qaçongidan ham dolzarb ekanini taʼkidladi.

Uning qayd etişiça, Jahon media sammiti turli mamlakatlar ommaviy axborot vositalarining muloqot va hamkorlikka bölgan umumiy intilişining yorqin ifodasidir. Zero, mazkur tamoyillar zamonaviy jurnalistikaning eng muhim qadriyatlaridan hisoblanadi.
A.Köçimov bugungi kunda insoniyat murakkab va masʼuliyatli davrni boşdan keçirayotganiga eʼtibor qaratdi. Geosiyosiy ziddiyatlar, mintaqaviy mojarolar, iqlim özgarişi, iqtisodiy beqarorlik, kiberxavfsizlikka tahdidlar va axborot makonidagi keskin raqobat global xavfsizlik tuşunçasiga yangiça mazmun bağişlamoqda.

– Bunday şaroitda axborot şunçaki voqealarni yoritiş vositasi bölib qolmay, balki jamiyatda işonçni mustahkamlaş, xalqlar örtasida özaro anglaşuvni taʼminlaş, tinçlikni saqlaş va barqaror taraqqiyotga erişişning muhim omiliga aylanmoqda, – dedi ÖzA rahbari.
Şuningdek, u Özbekiston Milliy axborot agentligi mamlakatda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida xalqaro jamoatçilikni xabardor qiliş bilan birga, xorijiy axborot agentliklari bilan professional hamkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratayotganini bildirdi.

Tadbir taşkilotçilari maʼlum qilişiça, forum yakunida “VII jahon media sammitining Pekin konsensusi” hamda “AI+Media: Global rivojlaniş hisoboti – 2026” kitobi taqdimoti ötkazilişi rejalaştirilgan. Şuningdek, “Sinxua” luğatining AI agenti xalqaro miqyosda tarğib qilinişi, Xitoyning yuqori sifatli rivojlanişdagi yutuqlariga bağişlangan körgazmalar va sunʼiy intellektni qöllaş böyiça global standartlarni işlab çiqiş taşabbusini ilgari suriş ham közda tutilgan.
9-noyabrga qadar davom etadigan mazkur xalqaro yiğin nafaqat sunʼiy intellekt davrida medianing masʼuliyatini oşirişga, balki dunyo böylab axborot maydonida özaro işonçni mustahkamlaş va tinçlikka xizmat qilişga qaratilgan muhim qadam bölib xizmat qilmoqda.
Şerzod Isayev, ÖzA
Pekin, Xitoy