Yaşil hududlarni kengaytirişga qaratilgan kuzgi harakatlar avj pallada
Özbekistonda kuzgi köçat ekiş mavsumi qizğin davom etmoqda. Ekologik partiya faollari, aholi va yoşlar tuman-şaharlarda yuzlab daraxt köçatlarini ekib, yaşil maydonlarni kengaytirişga hissa qöşmoqda.
Partiya taşkilotlari tomonidan tuman va şaharlardagi mahallalar, guzarlar, muassasalar yon-atroflarida yuzlab manzarali va mevali daraxt köçatlarini ekiş işlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Keng kölamli köçat ekiş jarayonlarida nafaqat partiya vakillari, balki mahallalar aholisi, hududlardagi korxona va taşkilotlar vakillari, nuroniylar va yoşlar faol iştirok etib, bu ezgu taşabbusga öz hissasini qöşmoqda.

Köçat ekiş tadbirlari davomida har bir hududning tabiiy-iqlim şaroiti, tuproq holatiga mos bölgan manzarali va mevali daraxt köçatlarini tanlab ekişga alohida eʼtibor qaratilyapti. Şuningdek, köçatlarning kökarib, kelgusida yaxşi rivojlanişi, yaşovçanligini taʼminlaş masalalari ham eʼtibor markazida bölib turibdi.
Yerga köçat qadab, boğ yaratişdek ezgu taşabbus kelgusida hududlarda yaşil maydonlarni kengaytiriş va ekologik barqarorlikni taʼminlaşda dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. Şunday ekan, kuzgi köçat ekiş mavsumidan bebahra qolmasdan birgina dona bölsa-da köçat ötqaziş har birimizning bugun va kelajak oldidagi masʼuliyatimiz, burçimiz bölmoği lozim.
M.Komilova,
ÖzA