Bugungi tantanalar bir bayroq ostida birlaşgan buyuk elning ruhiyatini aks ettirmoqda
Bayroq har bir mamlakatning şarafi, ğururi va mustaqilligining timsolidir. Ana şu muqaddas ramzni uluğlaş, uning qadr-qimmatini yuksak eʼtirof etiş xalqning azaliy qadriyati va fuqarolik burçidir.
Bugun yurtimizning barça hududlarida Davlat bayroğimiz qabul qilinganining 35 yilligi katta iftixor va şodu xurramlik bilan nişonlanmoqda. Ana şunday tantanali tadbirlardan biri «Yangi Özbekiston» universitetida ham bölib ötdi.
Uşbu tadbirda Davlat bayroğimizning xalqimiz hayotidagi beqiyos örni, uning milliy ğurur, ozodlik, mustaqillik va Vatanga bölgan yuksak muhabbat ramzi ekanligi alohida taʼkidlandi.
Şuningdek, tadbir davomida sportçi yoşlar tomonidan tayyorlangan badiiy-sport çiqişlari, harbiylar namoyişi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan maxsus körgazma taşkil etildi.
[gallery-32589]
Bundan taşqari etnosportning özbek jang sanʼati, armrestling, kamondan öq otiş va milliy kuraş kabi turlari böyiça namoyişkorona çiqişlar ötkazildi. Şuningdek, universitet talabalari tomonidan tayyorlangan maxsus fleşmob tadbirga yanada kötarinki ruh va bayramona kayfiyat bağişladi.
Hamroz Bayonov, Asliddin Alijonov (surat), ÖzA