Mehnat migratsiyasi: taʼlim va kasbiy tayyorgarlik
Toşkent viloyatida xorijiy davlatlarda mehnat qiliş istagida bölgan fuqarolarni kasb-hunar va çet tillariga öqitiş, ularning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoşligini oşiriş hamda munosib iş örinlariga joylaştiriş böyiça yangi hamkorlik loyihalari amalga oşirilmoqda.
Maʼlumki, Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 2-noyabr kuni mehnat migratsiyasi sohasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan ötkazilgan yiğilişda xalqaro mehnat bozori taqdim etayotgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş, fuqarolarni talab yuqori bölgan kasblar va xorijiy tillarga örgatiş, ularning xorijda xavfsiz hamda munosib mehnat şaroitlarida faoliyat yuritişini taʼminlaş ustuvor vazifalar sifatida belgilangan edi.

Ayni yönalişda Toşkent viloyatida ham amaliy işlar boşlangan. Xususan, Yaponiyaning xorijiy davlatlar fuqarolarini kasbiy tayyorlaş, tanlaş va iş bilan taʼminlaşga ixtisoslaşgan “Onodera User Run” kompaniyasi bilan hamkorlik yangi bosqiçga olib çiqilmoqda. Yaqinda Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boşçiligidagi viloyat delegatsiyasining Yaponiya davlatiga qilgan taşrifida ham mazkur kompaniya prezidenti Jun Kato bilan uçraşuvida ana şu hamkorlikning istiqbollari muhokama qilingan edi.
Taʼkidlaş joizki, Jun Kato yaqinda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Toşkent şahridagi “OUR BLOOMING ACADEMY” taʼlim markaziga taşrifi çoğida ham iştirok etgan edi. Öşanda kompaniya vakillari özbekistonlik yoşlarni bepul kasbga tayyorlaş, malakasini oşiriş va kelgusida iş bilan taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar hamda istiqboldagi rejalar haqida maʼlumot bergan. Viloyat hokimi bilan uçraşuvda esa uşbu hamkorlikni hudud miqyosida kengaytiriş, mavjud imkoniyatlarni aniq loyihalarga aylantiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Maʼlumot uçun, 2016-yilda Tokio şahrida taşkil etilgan “Onodera User Run” kompaniyasi bugungi kunda Filippin, Myanma, Indoneziya, Laos va boşqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlaş loyihalarini amalga oşirmoqda. Kompaniya xorijiy fuqarolarni yapon tili va turli kasbiy yönalişlar böyiça öqitiş, ularni Yaponiya mehnat bozori talablariga tayyorlaş hamda işga joylaştiriş bilan şuğullanadi. Şu bilan birga, mazkur kompaniyaning Özbekistondagi faoliyati ham izçil rivojlanmoqda. 2025-yil noyabr oyida Toşkent şahrida “Our Blooming Academy Uzbekistan” taʼlim markazi iş boşladi. Hozirda bu yerda yoşlar umumiy ovqatlaniş, keksalarni parvarişlaş va haydovçilik yönalişlari böyiça tahsil olmoqda.
Uçraşuvda Toşkent viloyatida ham uşbu tajribani kengaytirişga qaratilgan takliflar ilgari surildi. Jumladan, viloyat hokimligi, Özbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi hamda “Onodera User Run” kompaniyasi örtasida uç tomonlama hamkorlik bitimini imzolaş, şuningdek, hududda yapon iş beruvçilari talablari asosida haydovçilar tayyorlaşga ixtisoslaşgan öquv markazini taşkil etiş imkoniyatlari körib çiqildi.

Viloyat hokimining birinçi örinbosari Otabek Tursunov, Kasbiy taʼlim boşqarmasi masʼullari, Yangiyöl şahar hokimligi vakillari hamda yapon kompaniyasi delegatsiyasi iştirokida hududdagi 1-son texnikum faoliyati örganildi.
Taşrif davomida texnikum hududida viloyat yoşlarini Yaponiyada talab yuqori bölgan haydovçilik yönalişlari böyiça tayyorlaş, V, S va D toifali haydovçilik guvohnomalarini olişga tayyorgarlik köriş, şuningdek, yapon tiliga öqitişga ixtisoslaşgan zamonaviy öquv markazini taşkil etiş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Bölajak markazning moddiy-texnik bazasi, mavjud şart-şaroitlar, taʼlim jarayonini taşkil etiş va yapon tomoni bilan hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Mazkur taşabbuslar, avvalo, yoşlarning xorijiy tillarni örganişi, zamonaviy kasblarni egallaşi va xalqaro mehnat bozori talablariga mos mutaxassis bölib şakllanişi uçun yangi imkoniyatlar yaratadi. Eng muhimi, kasbiy tayyorgarlikdan ötgan fuqarolarni xorijda qonuniy işga joylaştiriş, ularning mehnat huquqlari va manfaatlarini taʼminlaş uçun hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Zero, bugun mehnat migratsiyasi sohasidagi asosiy vazifa fuqarolarni şunçaki xorijga işga yuboriş emas, balki ularni boradigan mamlakatining tili, kasbiy talablari va mehnat muhitiga oldindan tayyorlaşdan iborat.
A.Musayev,ÖzA