Yangidan barpo etilayotgan sport majmualarining taqdimotlari ko‘rib chiqildi
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik shodiyonalari arafasida yurtimizning bir qator hududlarida yangidan barpo etilayotgan sport majmualari, maydonchalar, bolalar o‘yingohlari foydalanishga topshiriladi.
Sport vazirligida hududlarda sport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari hamda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Taqdimotlar davomida Davlat dasturlari, Respublika byudjeti hisobidan sport sohasini rivojlantirish uchun ajratilgan mablag‘lar, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya loyihalarining bugungi holati ko‘rib chiqildi.

Taqdimot davomida sport vaziri A.Ikromov ishtirokida yangidan barpo etilayotgan sport ob’ektlarini o‘z vaqtida foydalanishga topshirish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish asnosida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Taqdimot yakunida mazkur sport ob’ektlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik shodiyonalari arafasida aholi va sport jamoatchiligi ishtirokida tantanali ravishda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA