O‘zbekiston terma jamoasi oktabrda Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, Fabio Kannavaro boshchiligidagi milliy jamoamiz 6-oktabr kuni safarda Janubiy Koreya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Mazkur bahs jamoamizning navbatdagi rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik rejasidan o‘rin olgan bo‘lib, murabbiylar shtabi uchun futbolchilarning jismoniy va taktik holatini yuqori saviyadagi raqibga qarshi baholash imkonini beradi.
E’tiborlisi, Janubiy Koreya Osiyo qit’asining yetakchi jamoalaridan biri sanaladi. Shu bois, ushbu uchrashuv har ikki terma jamoa uchun ham muhim tayyorgarlik bahsi sifatida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA