Tennis: Sultonov “Challenger 75”ning saralashida g‘alaba qozondi
Chexiyaning Liberets shahrida tennis bo‘yicha o‘tayotgan “Challenger 75” toifasidagi xalqaro turnirning saralash musobaqalarida hamyurtimiz Humoyun Sultonov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 97 ming 640 dollardan iborat turnirning saralash musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasining ikkinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov avvaliga chexiyalik Dominik Rechekni 6/3, 6/2 hisobida mag‘lub etdi.
Asosiy turga yo‘llanma taqdim etadigan saralash musobaqasi finalida Sultonov ukrainalik Aleksandr Braynni mag‘lub etdi.

2 soatu 14 daqiqa davom etgan o‘yinda Sultonov raqibini 3/6, 6/3, 7/5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning final bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bugun, 28-iyul kuni xalqaro turnirning asosiy bahsi sanalgan 1/8 finalida Sultonov xorvatiyalik Duye Aydukovich bilan kuch sinashadi.
Turnir 2-avgustga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA