Xorazmda ötkazilgan xalqaro konferensiya yaşil muhandislik sohasiga bağişlandi
Urgançda “Yaşil muhandislik: arxitektura, energetika, geografik axborot tizimi texnologiyalarining dolzarb muammolari va rivojlaniş istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti taşabbusi bilan Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda Malayziya, AQŞ, Belarus, Germaniya, Rossiya hamda Özbekistonning yetakçi oliy taʼlim muassasalaridan qariyb 100 dan ortiq olimlar, professor-öqituvçilar va tadqiqotçilar iştirok etdi.

Konferensiyani universitet rektori Feruza Madrahimova kiriş sözi bilan oçib berib, yaşil muhandislik, energetika va zamonaviy geoinformatsion texnologiyalar sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş muhimligini taʼkidlab, anjuman işiga rivoj tiladi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda asosiy eʼtibor quriliş jarayonlarida bino va inşootlarning energiya tejamkorligi, samaradorligi, ekologik xavfsizlik va yaşil quriliş texnologiyalaridan foydalaniş hamda innovatsion meʼmoriy yeçimlarning amalga oşirilişiga qaratildi.
– Malayziya Islom fanlari universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur konferensiyada asosan yaşil quriliş, yaşil texnologiyalar, yaşil energetika kabi masalalarda xalqaro tajribalar va olimlarimizning ilmiy asoslangan işlanmalari muhokama qilindi, – deydi UrDU kafedra mudiri Ikrom Davletov. – Anjuman oldidan dunyoning turli davlatlari va universitetlari olimlaridan şu mavzuga doir 170 dan ziyod maqolalar kelib tuşdi. Bugungi muhokamada ularning eng dolzarb va foydalilari körib çiqilmoqda va örganilmoqda. Keyinçalik ular amaliyotga ham tatbiq etiladi.

Anjumanda Malayziya Islom fanlari universiteti (USIM) professori Şarifuddin Şaarani, mazkur universitet dotsenti Nurul Syala Abdul Latip, Geografik obʼektlarni nomlaş va manzillar tizimini yuritiş şuʼbasi boşliği M.Rözmetov hamda “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm magistral elektr tarmoqlari filiali masʼul xodimi M.Djumatov yaşil energetika, barqaror arxitektura, ekologik loyihalaş, GAT texnologiyalari va yaşil kampus konsepsiyasini rivojlantiriş kabi dolzarb masalalar yuzasida maʼruza qildilar.

– Bugungi anjumanda iştirok etiş menga katta mamnuniyat bağişladi, – deydi Malayziya Islom fanlari universiteti professori Şarifuddin Şaarani. – Men 15 yildan buyon mamlakatingiz tarixi va boy madaniy merosi, meʼmoriy arxitekturasi bilan qiziqaman hamda bu yurtni juda yaxşi köraman. Özbekiston Islom sivilizatsiyasi davriga oid bebaho madaniy merosiga ega. Malayziya ham sohada özining boy tajribasi va ilmiy salohiyatiga ega. Agar ikki mamlakatning bilim va tajribalarini birlaştira olsak, Islom meʼmorçiligi va sanʼati böyiça dunyo miqyosidagi yetakçi ilmiy markazlardan biriga aylanişimiz mumkin. Şu bois bugungi uçraşuv bu borada juda muhim sanaladi.
Maʼruzalardan söng iştirokçilar oltita şuʼbada faoliyatini davom ettirdi.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman mamlakatimizda yaşil muhandislik, energiya tejamkorligi madaniyatini yuksaltirişga qaratilgan islohotlar va taraqqiyot strategiyasini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri