Imkoniyati çeklanganlar uçun savdo yarmarkasi taşkil etildi
Navoiyda nogironligi bölgan tadbirkorlar va fuqarolar uçun maxsus savdo yarmarkasi taşkil etildi. Bu taşabbus ularning mahsulotlarini keng jamoatçilikka tanitib, yangi imkoniyatlar eşigini oçdi.
Imkoniyati çeklangan kişilar uçun birgina eʼtibor öta muhim ahamiyatga ega. Negaki, ular uçun jamiyatda öz örni bor ekanini his qilişdan ortiq xohiş yöq. Birgina eʼtibor va imkoniyat bilan ular yuksak marralarni zabt etişga qodir.
Şu maqsadda Navoiy viloyati Adliya boşqarmasi taşabbusi hamda Özbekiston Nogironlar jamiyati viloyat bölimi hamkorligida nogironligi bölgan tadbirkorlar va fuqarolarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Biz - birgamiz!” şiori ostida savdo yarmarkasi taşkil etildi.
Mazkur yarmarkadan közlangan asosiy maqsad — nogironligi bölgan yurtdoşlarimizning tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularning mahsulotlarini keng jamoatçilikka tanitiş, jamiyatdagi faolligini oşiriş va yangi imkoniyatlar yaratişdan iborat.
Eʼtiborlisi şuki, tadbir davomida iştirokçilar öz mahsulotlarini namoyiş etib, ularni keng ommaga taqdim etiş imkoniga ega böldi. Taʼkidlaş joiz, bu kabi taşabbuslar nogironligi bölgan şaxslarning öz kelajagiga bölgan işonçini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Şerbek Islomov,
ÖzA