AQŞda “Yangi avlod” sanoat zonasi böyiça muhim kelişuv imzolandi
Toşkentning "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasida yuqori texnologiyali yirik investitsiya loyihasi böyiça muhim hujjatlar imzolandi. Bu kelişuv mintaqaga yangi texnologiyalar, sarmoya va yuzlab iş örinlarini olib kelişga yöl oçadi.
Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqovning AQŞga xizmat safari doirasida "RS Capital Engineering" kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyo böyiça direktori Frederik Falkenberg bilan uçraşuvi bölib ötdi. Unda poytaxtimizda yangi taşkil etilgan "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasi hududida yirik investitsiya loyihasini amalga oşiriş böyiça hamkorlikning keyingi bosqiçini mustahkamlovçi rasmiy hujjatlar imzolandi.
Uşbu kelişuv nafaqat hududga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, balki mahalliy işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş va yangi iş örinlarini yaratişda muhim ahamiyatga ega.

Masʼullarning qayd etişiça, yangi taşkil etilgan "Yangi avlod" maxsus sanoat zonasida yuqori texnologiyali loyihalarni amalga oşiriş böyiça hamkorlikning keyingi bosqiçini mustahkamlovçi hujjatlar rasman imzolandi. Loyiha ustidagi işlar iyun oyida Toşkent xalqaro investitsiya forumida boşlangan edi.
Qisqa vaqt içida uni amalga oşiriş uçun 10 million dollardan ortiq mablağ ajratilib, Toşkentga uskunalar olib kelindi. Hozirda loyiha faol bosqiçda. Birinçi bosqiç — INNOVATION TECHNOLOGIES zavodining qiymati 42 million dollarni taşkil etib, şundan 29,4 million dollari töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar. Loyihalarni yanada kengaytiriş salohiyati 200 million dollardan ziyodga baholanmoqda. 29,2 gektar maydonda transformatorlar, generatorlar, elektr dvigatellari, nasoslar, podstansiyalar va taqsimlaş qurilmalari kabi 180 xildan ortiq mahsulotlar işlab çiqariş rejalaştirilgan.
Boşlanğiç bosqiçda mahalliylaştiriş darajasi 45 foizni taşkil etadi. 650 ta iş örni yaratiş va mutaxassislarni Amerika standartlari asosida öqitiş közda tutilgan. Yillik soliq tuşumlari hisob-kitoblarga köra taxminan 165 milliard sömni taşkil etadi. Işlab çiqariş jarayoni lazerli kesiş, robotlaştirilgan payvandlaş, raqamli dasturiy boşqaruvli (RDB) dastgohlar hamda sinov laboratoriyasini öz içiga oladi.
Yirik bolğalangan metall buyumlar va murakkab metall konstruksiyalar işlab çiqarişni özlaştiriş rejalaştirilgan. Uskunalar mintaqaviy bozorlar talablari hamda ANSI/IEEE Amerika standartlarini inobatga olgan holda işlab çiqariladi. Yuqori texnologiyali mis buyumlari va maʼlumotlar markazlari (data-markazlar) uçun energiya uskunalari, jumladan, transformatorlar, raqamli podstansiyalar, sovitiş tizimlari uçun generator va nasoslar işlab çiqariş alohida yönaliş hisoblanadi.

Şuningdek, AQŞ injiniringi va Toşkentda işlab çiqarilgan uskunalardan foydalangan holda quyoş hamda şamol elektr stansiyalarini quriş loyihalari ham körib çiqildi. Kompaniya suğoriş kanallari ustiga quyoş panellarini örnatiş böyiça Kaliforniya tajribasini taqdim etdi. Toşkent şahri yoki viloyatida sinov loyihasini körib çiqiş taklif qilindi, bu esa qöşimça yer ajratmasdan elektr energiyasi işlab çiqariş va ayni paytda suv buğlanişini kamaytiriş imkonini beradi.
Yangi savdo bozorlariga çiqiş loyihaning muhim qismi. Işlab çiqariş nomenklaturasi va hajmi aniq buyurtmalar asosida şakllantiriladi, kompaniya esa mahsulotlarni isteʼmolçilarga yetkazib berişni taşkil etadi. Mahsulotlar dastlab Markaziy Osiyo va MDH davlatlariga, istiqbolda esa AQŞ bozoriga yönaltiriladi. Işlab çiqarişning birinçi bosqiçini 2027-yil oxirida işga tuşiriş rejalaştirilgan. Mazkur loyiha misni çuqur qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişni özlaştiriş, mahalliy korxonalar uçun buyurtmalar yaratiş hamda import qilinadigan energiya uskunalariga qaramlikni kamaytiriş imkonini beradi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA