Yangi ruh, yuksak parvoz: “Prezident olimpiadasi” — iqtidorlarni kaşf etiş va kamolga yetkaziş tizimi
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, yoş avlodning jismoniy hamda maʼnaviy salohiyatini yuksaltiriş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş va ularni professional sportga yönaltiriş bugungi kunda Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-maʼnaviy islohotlarning eng ustuvor yönalişlaridan biridir. Zero, jismonan soğlom va ruhan barkamol avlod mamlakat taraqqiyoti, millat kelajagi hamda xalqaro maydondagi nufuzining asosiy kafolati hisoblanadi. Sönggi yillarda mamlakatimizda sport infratuzilmasini tubdan modernizatsiya qiliş, jahon standartlariga mos zamonaviy sport majmualarini barpo etiş, murabbiy-pedagoglarning kasbiy mahoratini oşiriş, ommaviy sportni mahallalar va taʼlim muassasalari darajasida kengaytiriş hamda iqtidorli yoşlarni şaffof va adolatli saralaş tizimini takomillaştirişga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev sport sohasini rivojlantirişga bağişlangan nutqida bu boradagi strategik vazifalarga töxtalib, jumladan, şunday taʼkidlagan edi: “Donişmandlar aytganlaridek, irodasi kuçli inson, xalq va millatni yengib bölmaydi. Ayniqsa, sport qanday buyuk kuç, qanday yuksak örnak va namuna ekanini bugungi tantanali marosimda iştirok etayotgan siz, hurmatli sportçilarimiz, soha faxriylari, ustoz-murabbiylar yaxşi bilasiz. Agar sizlar özingizdagi katta tarbiyaviy salohiyat va hayotiy tajribani yoşlarimizga singdirsangiz, ularni bilimli va aqlli, vatanparvar insonlar etib tarbiyalaşga hissa qöşsangiz, sizlardan xalqimiz ham, Prezident ham minnatdor böladi. Çunki turli zararli ğoya va taʼsirlar kuçayib borayotgan hozirgi murakkab davrda yoş avlodimizni har tomonlama soğlom etib tarbiyalaş hal qiluvçi ahamiyat kasb etmoqda. Men bu borada sportni tarbiyadan, tarbiyani esa sportdan ayri holda tasavvur etolmaydigan sizdek hurmatli sportçilar, faxriylarimiz va ustoz-murabbiylarga tayanaman”.
Davlatimiz rahbarining uşbu daʼvati sport va tarbiya uyğunligini taʼminlaş, yoşlarni nafaqat jismoniy çiniqtiriş, balki ularda kuçli iroda, vatanparvarlik va ğalabaga bölgan işonçni şakllantiriş naqadar dolzarb ekanini yaqqol körsatadi. Xalqaro sport maydonlarida – Olimpiya va Osiyo öyinlarida, jahon çempionatlarida erişilayotgan yuksak natijalarni izçil davom ettiriş uçun esa eng avvalo quyi böğinlardagi saralaş va tayyorgarlik tizimini ilmiy asosda qayta körib çiqiş zarur. Ana şunday muhim vazifalarni röyobga çiqariş maqsadida taşkil etilgan “Prezident olimpiadasi” bugungi kunda mamlakatimizning eng çekka hududlaridagi iqtidorli öğil-qizlarni kaşf etiş, ularning yaşirin imkoniyatlarini yuzaga çiqariş va milliy terma jamoalar uçun munosib zaxira şakllantirişning muhim tayançiga aylandi.
Zamonaviy sport ilmi şuni isbotlaydiki, yuqori sport natijalariga erişiş faqat jismoniy kuç, çidamlilik va maşğulotlar hajmi bilan çeklanmaydi. Ayniqsa, ösmirlik davrida – 13–17 yoş oraliğida sportçi organizmida keçadigan jadal fiziologik va ruhiy özgarişlar davrida uning psixologik tayyorgarligi, musobaqa oldi hayajonini jilovlay olişi, fikrni bir nuqtaga jamlaşi, öz kuçiga bölgan işonçi, yuklamadan keyingi tölaqonli tiklaniş jarayoni, uyqu va ovqatlaniş rejimi, şuningdek, murabbiyning individual yondaşuvi hamda oilaviy qöllab-quvvatlaş muhiti hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Mazkur omillarni ilmiy jihatdan çuqur tahlil qiliş maqsadida Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tadqiqotçilari tomonidan universitetimizda ötkazilgan “Prezident olimpiadasi”ning yengil atletika, qiliçbozlik hamda boks sport turlari böyiça final bosqiçida iştirok etgan 157 nafar sportçi-öquvçi örtasida keng qamrovli sotsiologik va pedagogik tadqiqot olib borildi.
Tadqiqotda qatnaşgan yoş sportçilarning tarkibiy tahlili şuni körsatdiki, iştirokçilarning 57,1 foizi yengil atletika, 30,4 foizi qiliçbozlik va 12,5 foizi boks sport turi vakillaridir. Yoş körsatkiçlari böyiça esa qatnaşçilarning asosiy qismini – 64 foizini 13–14 yoşli ösmirlar, 36 foizini esa 15–17 yoşli öquvçilar taşkil etdi. Ularning tayyorgarlik maskanlari örganilganda, aksariyat qismi, yaʼni 69,1 foizi ixtisoslaştirilgan sport maktablarida, 14,5 foizi umumtaʼlim maktablari qoşidagi sport tögaraklarida, 10,9 foizi xususiy sport klublarida hamda 5,5 foizi bir vaqtning özida bir neçta sport muassasasida muntazam şuğullanişi aniqlandi. Bu körsatkiç yurtimizda sport maktablari tizimi iqtidorli yoşlarni yetiştirişda yetakçi örin tutişini tasdiqlaş bilan birga, umumtaʼlim maktablari va xususiy sektorning ham sohadagi uluşi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Sportçi-öquvçilarning sport staji va musobaqa tajribasi tahlil qilinganda, 35,7 foiz iştirokçi 3–4 yildan buyon, 33,9 foizi 5 yil va undan ortiq vaqt davomida, 26,8 foizi 1–2 yil, faqat 3,6 foizi 1 yildan kam muddat mobaynida sport bilan muntazam şuğullanib kelayotgani maʼlum böldi. Eʼtiborli jihati şundaki, finalçilarning 83,6 foizi ilgari ham respublika miqyosidagi yirik musobaqalarda iştirok etib, muayyan tajriba töplagan bölsa, 16,4 foizi uçun uşbu nufuzli turnir ilk yirik sinov maydoni böldi.
Tayyorgarlik jarayonining sifati va sportçilarning jismoniy holatini baholaş natijalari umumiy manzaraning ijobiy ekanini körsatdi. Xususan, sörovnomada qatnaşgan öquvçilarning 80,4 foizi final bosqiçidagi öz jismoniy tayyorgarligini yuqori baholagan (“juda yaxşi” — 39,3 foiz, “yaxşi” — 41,1 foiz), 12,5 foizi örtaça, 3,6 foizi qoniqarsiz deb topgan, yana 3,6 foizi esa öz holatini baholaşga qiynalgan. Final oldidan berilgan maşğulot yuklamalari 43,6 foiz sportçining funksional imkoniyatlariga töliq mos kelgan bölsa, 27,3 foizida yuklama biroz yuqori, 10,9 foizida juda yuqori, aksinça 10,9 foizida yetarli darajada bölmagani qayd etildi (7,3 foizi javob berişga qiynalgan). Musobaqa oldidan tölaqonli tiklaniş va dam oliş masalasida 43,6 foiz öquvçi töliq, 30,9 foizi asosan, 23,6 foizi qisman ulgurganini bildirgan, 1,8 foizida esa dam oliş uçun vaqt umuman yetişmagan. Natijada tayyorgarlik bosqiçida 49,1 foiz iştirokçida jismoniy holat bilan boğliq şikoyatlar kuzatilmagan bölsa-da (“sezilarli muammo bölmadi” — 40 foiz, “barçasi joyida” — 9,1 foiz), qolgan qismida odatdagidan köproq çarçoq (27,3 foiz), muşaklarda oğriq va noqulaylik (12,7 foiz), uyqu rejimining buzilişi (7,3 foiz) hamda maşğulotlarga bölgan iştiyoqning pasayişi (3,6 foiz) kabi zöriqiş alomatlari aniqlandi. Bu raqamlar ösmir sportçilar bilan işlaşda yuklama va tiklaniş muvozanatini qatʼiy nazorat qiliş zarurligini yaqqol isbotlaydi.
Musobaqaning taşkiliy jihatlari va yaratilgan şart-şaroitlar sportçilar tomonidan yuqori baholandi. Iştirokçilarning 83,4 foizi bellaşuvlar ötkazilayotgan maskanlarda içimlik suvi, soğlom ovqatlaniş, çigalyozdi maşqlari (isiniş) va dam oliş uçun şaroitlarni yetarli (“barça şaroitlar yetarli” — 55,6 foiz, “asosan yetarli” — 27,8 foiz) deb eʼtirof etdi, faqat 5,6 foizi qisman yetarli, 5,6 foizi yetarli emas deb hisoblagan (5,6 foizi baholaşga qiynalgan). Musobaqa jadvalining sportçilar jismoniy holati va dam oliş vaqtiga mutanosibligi böyiça 46,4 foiz qatnaşçi töliq mosligini, 30,4 foizi asosan mos kelganini, 16,1 foizi qisman mosligini va 7,1 foizi noqulay bölganini bildirgan. Bellaşuvlar jarayonida 50,9 foiz sportçining jismoniy holatiga heç qanday salbiy omil taʼsir körsatmagan bölsa, qolgan iştirokçilarda töplanib qolgan çarçoq (20 foiz), çiqişlar orasidagi dam oliş vaqtining qisqaligi (14,5 foiz), sport jihozlari yoki inşootlar bilan boğliq ayrim qiyinçiliklar (5,5 foiz), noqulay jadval (3,6 foiz), taşkiliy kamçiliklar (3,6 foiz) hamda jismoniy oğriq (1,8 foiz) natijalarga muayyan darajada taʼsir qilgani kuzatildi.
Tadqiqotning eng muhim va ilmiy jihatdan qimmatli qismi yoş sportçilarning musobaqa paytidagi psixologik holatini 5 balli maxsus şkala asosida çuqur tahlil qilişga qaratildi. Natijalar şuni körsatdiki, yuqori jismoniy tayyorgarlikka qaramay, köplab ösmir sportçilarda ruhiy barqarorlik borasida jiddiy böşliqlar mavjud. Xususan, final starti oldidan kuçli hayajonlaniş hissi 40 foiz sportçida yuqori darajada (4 ball — 16,4 foiz, 5 ball — 23,6 foiz), 36,4 foizida örtaça (3 ball) namoyon bölgan, atigi 23,6 foizi özini xotirjam tutgan (1 ball — 14,5 foiz, 2 ball — 9,1 foiz). Közlangan natijaga erişa olmaslikdan xavotirlaniş 30,3 foiz öquvçida yuqori (4 ball — 10,7 foiz, 5 ball — 19,6 foiz), 35,7 foizida qisman kuzatilgan, 33,9 foizi esa bunday ruhiy bosimni sezmagan (1 ball — 23,2 foiz, 2 ball — 10,7 foiz). Musobaqaning qizğin pallasida 54,5 foiz iştirokçi diqqatni jamlaşda qiynalmagan bölsa-da (1 ball — 34,5 foiz, 2 ball — 20 foiz), 23,6 foizi qisman, 21,8 foizi esa fikrini bir joyga töplaşda jiddiy qiyinçilikka duç kelgan (4 ball — 10,9 foiz, 5 ball — 10,9 foiz).
Murabbiy va şogird örtasidagi ruhiy aloqa tahlil qilinganda, bellaşuv vaqtida murabbiy körsatmalarini töğri tuşuniş va amalda bajariş qobiliyati 50,9 foiz sportçida yuqori (4 ball — 16,4 foiz, 5 ball — 34,5 foiz), 29,1 foizida qisman şakllangani, biroq 20 foiz yoş sportçida hayajon tufayli murabbiy ögitlarini qabul qiliş darajasi past ekani (1 ball — 12,7 foiz, 2 ball — 7,3 foiz) oydinlaşdi. Murakkab va keskin vaziyatlarda özini qölga oliş va xotirjamlaştiriş könikmasi 47,2 foiz öquvçida yaxşi rivojlangan (4 ball — 20,8 foiz, 5 ball — 26,4 foiz), 32,1 foizida qisman, 20,7 foizida esa yetarli darajada emas (1 ball — 7,5 foiz, 2 ball — 13,2 foiz). Raqiblarning xatti-harakati va ustunligi 45,5 foiz iştirokçining öziga bölgan işonçiga taʼsir qilmagan (1 ball — 29,1 foiz, 2 ball — 16,4 foiz), 38,2 foiziga qisman, 16,4 foiziga esa kuçli salbiy taʼsir ötkazgan (4 ball — 9,1 foiz, 5 ball — 7,3 foiz).
Sportda muvaffaqiyat qozonişning muhim şartlaridan biri – yöl qöyilgan xatodan söng tezda özini önglab olişdir. Tadqiqotda bu qobiliyat 43,7 foiz sportçida yuqori (4 ball — 18,2 foiz, 5 ball — 25,5 foiz), 25,5 foizida örtaça ekani, ammo 30,9 foiz qatnaşçida xatodan keyin diqqatni qayta jamlaş könikmasi zaifligi (1 ball — 14,5 foiz, 2 ball — 16,4 foiz) aniqlandi. Şuningdek, ota-onalar, murabbiylar va yaqinlarning natija borasidagi yuqori kutilmalari 55,3 foiz öquvçiga ortiqça bosim ötkazmagan bölsa-da (1 ball — 33,9 foiz, 2 ball — 21,4 foiz), 21,4 foiziga qisman va 23,2 foiziga kuçli psixologik yuk bölib tuşgan (4 ball — 12,5 foiz, 5 ball — 10,7 foiz). Eng açinarlisi, musobaqa oldidan maxsus psixologik tayyorgarlik usullaridan atigi 30,4 foiz yoş sportçi muntazam foydalanişi (4 ball — 14,3 foiz, 5 ball — 16,1 foiz), 28,6 foizi qisman qöllaşi, 41 foizi esa ruhiy tayyorgarlik texnikalaridan umuman bexabar ekani yoki foydalanmasligi (1 ball — 32,1 foiz, 2 ball — 8,9 foiz) maʼlum böldi. Umumiy xulosa sifatida, final bosqiçida sportçilarga eng katta psixologik tösiq bölgan omillar sifatida hayajonni boşqariş (37,2 foiz), xato qilişdan qörqiş (14,5 foiz), diqqatni jamlaş (12,7 foiz), natija uçun masʼuliyat hissi (12,7 foiz), murabbiy yoki ota-ona kutilmalari (7,3 foiz), raqiblar bilan raqobat (1,8 foiz) va boşqa omillar (5,5 foiz) qayd etildi, faqat 12,7 foiz iştirokçi ruhiy qiyinçilik sezmaganini bildirdi.
Ötkazilgan ilmiy-amaliy tahlillar va empirik natijalar asosida yoş sportçilarni tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça quyidagi konseptual xulosa va amaliy tavsiyalar işlab çiqildi:
Birinçidan, yoş sportçilarning jismoniy tayyorgarligini qatʼiy individuallaştiriş lozim. Garçi iştirokçilarning 80,4 foizi öz jismoniy holatini ijobiy baholagan bölsa-da, 27,3 foizida ortiqça çarçoq va 12,7 foizida muşak oğriqlari kuzatilgani ösmirlar organizmiga tuşayotgan yuklamalarni qayta körib çiqişni taqozo etadi. Murabbiylar 13–14 hamda 15–17 yoş toifasidagi sportçilarning biologik ösiş surʼati, jismoniy staji va funksional imkoniyatlaridan kelib çiqib yuklamalarni bosqiçma-bosqiç oşirişi, maşğulotlar orasidagi tiklaniş jarayonini ilmiy asosda rejalaştirişi zarur.
Ikkinçidan, maşğulot jarayoniga sport psixologiyasi yutuqlarini tizimli joriy etiş şart. Iştirokçilarning 37,2 foizida hayajonni jilovlaş muammosi mavjudligi, 30,9 foizi xatodan söng diqqatini tiklay olmasligi hamda 41 foizi psixologik tayyorgarlik usullarini qöllamasligi sport maktablari va terma jamoalar tarkibida malakali sport psixologlari faoliyatini kuçaytirişni talab qiladi. Yoş sportçilarga nafas olişni boşqariş, autogen maşqlar, muşaklarni böşaştiriş, musobaqa jarayonini ruhiy modellaştiriş (vizualizatsiya) va ijobiy öz-öziga işonç uyğotiş texnikalarini muntazam örgatib boriş ularning stressga çidamliligini keskin oşiradi.
Uçinçidan, musobaqalarni taşkil etişda sportçilarning tiklaniş fiziologiyasini inobatga oliş muhimdir. Iştirokçilarning 83,4 foizi umumiy maişiy şaroitlardan mamnun bölsa-da, 23,2 foizida musobaqa jadvalining dam oliş tartibiga nomutanosibligi kuzatilgan. Şu bois, turnir reglamenti va bellaşuvlar jadvalini tuzişda sport turining xususiyati, yoş toifasi hamda çiqişlar orasidagi tiklaniş vaqtini aniq hisob-kitob qiliş, şuningdek, sport inşootlarida sifatli içimlik suvi, vitaminlaştirilgan ovqatlaniş, maxsus isiniş zonalari va tezkor tibbiy-reabilitatsiya xizmatlarini yuqori saviyada taşkil etiş maqsadga muvofiq.
Törtinçidan, “murabbiy – sportçi – ota-ona – şifokor – psixolog” hamkorligiga asoslangan yagona kompleks monitoring tizimini yaratiş zarur. Yoş sportçilarga natija va medallar borasida haddan taşqari psixologik bosim ötkaziş örniga, ularning şaxsiy ösişi va mehnatsevarligini rağbatlantiriş muhitini şakllantiriş lozim. Har bir istiqbolli sportçining jismoniy, funksional va ruhiy holati dinamikasini aks ettiruvçi individual elektron pasport va monitoring tizimini yuritiş hamda uni mutaxassislar va ota-onalar bilan birgalikda muntazam tahlil qilib boriş yuqori sport natijalarining barqarorligini taʼminlaydi.
Xulosa örnida şuni alohida taʼkidlaş joizki, “Prezident olimpiadasi” bugungi kunda şunçaki sport musobaqasi emas, balki mamlakatimizning eng iqtidorli yoşlarini saralaş, ularning jismoniy, intellektual va ruhiy salohiyatini ilmiy tahlillar asosida yuzaga çiqarişga xizmat qiluvçi muhim strategik platformadir. Mazkur tadqiqot davomida aniqlangan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalarning sport taʼlimi muassasalari faoliyatiga keng tatbiq etilişi yurtimizda raqobatbardoş sport zaxirasini şakllantiriş va Yangi Özbekiston sportining jahon arenalaridagi şon-şuhratini yanada yuksaltirişga munosib hissa qöşadi.
Şopulatov A.N.,
Ğafforov N.N,
Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professorlari