Ucell 5G tarmoği — Özbekistonning barça viloyat markazlarida
Ucell Özbekistonning barça viloyat markazlarida beşinçi avlod aloqasini taʼminlab kelmoqda. 5G tarmoği Farğona vodiysi va Samarqand viloyatining barça yirik şaharlari, şuningdek, Zarafşon, Olmaliq, Angren, Ohangaron, Parkent va Böstonliqni qamrab olgan. Mamlakatda 5G texnologiyasini birinçilardan bölib joriy etgan kompaniya yuqori tezlikdagi aloqa qamrovini kengaytirişda davom etmoqda. Şu bilan birga, Ookla® mustaqil tahlili natijalariga köra, Ucell ketma-ket uçinçi yil Özbekistonning eng tezkor mobil tarmoği operatori sifatida eʼtirof etildi.
Ucell mamlakatda 5G texnologiyasini joriy etişga birinçilardan bölib kirişgan operatorlardan biridir. Kompaniya 2019-yil sentabr oyidayoq ICTEXPO körgazmasida yangi texnologiya imkoniyatlarini namoyiş etdi hamda Tashkent City hududida beşinçi avlod aloqa tarmoğining ilk tayanç stansiyasini örnatdi.
2021-yil aprel oyida Ucell Toşkent şahrida 5G tarmoğini tijorat maqsadida işga tuşirganini eʼlon qildi. Şu tariqa abonentlar yangi texnologiyani nafaqat sinovdan ötkaziş, balki undan mobil aloqa xizmati sifatida foydalaniş imkoniyatiga ega böldilar. Bu alohida sinov hududlaridan tijorat tarmoği qamrovini bosqiçma-bosqiç kengaytirişga ötişning boşlanişi böldi.
Keyingi bosqiçda Samarqand va boşqa hududlarda 5G tarmoğini rivojlantiriş işlari olib borildi. Bugungi kunda Ucell’dan 5G mamlakatning barça viloyat markazlarida, şuningdek, Zarafşon, Olmaliq, Angren, Ohangaron, Parkent va Böstonliq kabi boşqa bir qator şaharlarda mavjud.
Farğona vodiysi va Samarqand viloyatining barça yirik şaharlari beşinçi avlod aloqasi bilan qamrab olindi. Qamrov doirasining kengayişi yanada köproq abonentlarga yaşaş, iş va öqiş joylarida yuqori tezlikdagi mobil internetdan foydalaniş imkonini beradi.
Ucell telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirişning alohida yönalişi Toşkent metropoliteni hisoblanadi. Kompaniya yer osti bekatlari va tunnellarni yuqori tezlikdagi mobil aloqa bilan taʼminladi. Bekatlarda yölovçilar uçun 5G, ularning oraliqlarida esa 4G tarmoği işlab turibdi. Bu safar davomida, jumladan, bekatlar oraliğida ham aloqada qoliş va internetdan foydalaniş imkonini beradi.
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantiriş natijalari xalqaro miqyosda ham eʼtirof etilmoqda. Speedtest Intelligence® maʼlumotlarining 2026-yil birinçi yarmi böyiça mustaqil tahlili natijalariga köra, Ookla® kompaniyasi Ucell’ni yana Fastest Mobile Network — «Özbekistondagi eng tezkor mobil tarmoq» mukofoti bilan taqdirladi.
Şunday qilib, Ucell 2024-yildan buyon ketma-ket uçinçi yil uşbu maqomni saqlab kelmoqda. Bundan taşqari, 2026-yil birinçi yarim yilligi yakunlariga köra, kompaniya Best Mobile Network — «Özbekistondagi eng yaxşi mobil tarmoq» mukofotiga ham sazovor böldi.
5G tarmoği geografiyasini kengaytiriş va mavjud aloqa infratuzilmasini modernizatsiya qiliş Ucell faoliyatining ustuvor yönalişlaridan bölib qolmoqda. Kompaniyaning maqsadi — zamonaviy mobil texnologiyalardan nafaqat poytaxt va yirik şaharlarda, balki Özbekiston hududlarida ham foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş.