Nurli qalblar soçgan yoğdu
Bugungi farovon hayotda moddiyat ustun kelib, eʼtibor va maʼnaviyat unutilmoqdami? 13-noyabr – Butunjahon közi ojizlar kuni munosabati bilan jamiyatning eng zaif qatlamiga munosabati tahlil etiladi.
Bugungi hayotimiz insoniyatning orzulariga ham siğmagan darajada farovon va obod. Ha, bu heç qanday mubolağa yoki pafos emas. Bugun imkoni yöq, degan tuşunça öz ahamiyatini yöqotib bormoqda. Biroq, bu darajadagi favqulodda evriliş ham odamzot uçun zarar bermay qolmas ekan. Nega deysizmi?
Tarixda, xususan, mamlakatimiz tarixida ham uyğoniş davrining bir neça bosqiçi kuzatilgan. Biroq, unda maʼnaviyat va maʼrifat yuksalgan. Bugun esa, afsuski moddiyat yuksalib bormoqda. Bugun bizning bezagimiz birgina befarqlik, afsuski.
Tasavvur qiling, muhim bir iş bilan şoşib bir joyga ketyapsiz. Birdan közingiz körişdan töxtab qolsa, qay holga tuşasiz? Kördingizmi, şu qadar befarqligimizdan körayotgan közlar, soğlom qöl, oyoq va hokazo - barçasi biz uçun xuddi yöqdek. Ularning borligini his qiliş uçun nima işdan çiqişini kutib yaşaşimiz kerakmi?
Heç qaçon tölmagan va tölmaydigan yetişmovçiliklarni töldiriş uçun yaşaşni ham unutib qöygan bugungi odamlarning hayot yölini bunday aççiq savollar bilan tösiş niyatim yöq, aslida.
Bugun, 13-noyabr – Butunjahon közi ojizlar kuni. Keling, bu kunning mohiyatini töliqroq anglatiş uçun baʼzi raqamlarni keltirib ötsak. Bugungi kunda yer yuzida 2,2 milliard kişi körişda nuqson bilan yaşaydi. Şundan 50 milliondan ortiq inson bundan butunlay mahrum. Yurtimizda esa uşbu körsatkiç jami 70 mingdan köproqni taşkil etadi. Xöş, mamlakatimizda ularga bölayotgan eʼtibor qay darajada?
Bu haqda Özbekiston közi ojizlar jamiyati Markaziy boşqaruvi raisi Ergaş Norpölatov öz fikrlarini bildirdi:
–Avvalo şuni aytişim kerakki, köz böyiça nogironligi bölgan insonlar boşqa turdagi nogironlardan bir jihat bilan farqlanadi. Ular ğoyat sergak, sanʼat va adabiyotga oşno böladi. Ularning aksari radio tinglab, ulğayişgani bois jurnalistikaga ham muhabbati özgaça. Zehni ham favqulodda ötkir. Şuning uçun ham bugungi kunda közi ojiz yoşlar orasida axborot texnologiyalari böyiça ham yetuk mutaxassislar yetişib çiqmoqda. Ular qismatdoşlari uçun texnologik qulayliklar yaratiş bilan birga, özlari haqidagi odamlarning tasavvurini ham ijobiy tomonga özgartirişga erişmoqda. Qayd etiş kerakki, sönggi yillarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, jumladan, közi ojizlarga bölgan davlatning eʼtibori kuçaydi. Biroq, davlat qança imkoniyat yaratib bermasin, közi ojizlar qançalik harakat qilmasin, ularning jamiyatdagi örni mustahkamlanişi uçun avvalo atrofdagilarning roli muhim.
Negaki, oçiğini aytganda, köpçilik közi ojizlarning döstlari, yaqinlari oilalari deyarli qismatdoşlari. Qaçonki, ular ham taʼbir joiz bölsa, soğlomlar orasida munosib hurmat topsa, şundagina hukumatimiz taʼkidlayotgan va biz istayotgan inklyuziv jamiyat barpo böladi. Men bejizga yuqorida atrofdagilarni muhim demadim. Keling, birgina oliygohlar misolida tuşuntiraman. Baʼzi oliygohlarda mutaxassislik qulayligi ölaroq, köpçilik közi ojiz talabalar tahsil olişadi. Mana şu joyda biz ilgari surayotgan istak yuzaga çiqadi. Davlatimiz rahbari ularning sifatli taʼlim olişi, qulay yaşaşi uçun köplab oqilona taşabbuslarni ilgari surmoqda. Buning uçun zarur resurslar ham jalb etilmoqda. Xöş, oliygoh rahbariyatining ularga bölgan munosabati, yondaşuvi qay darajada? Bu bir oddiy misol. Endi buning zalvorini tasavvur qilavering, – deydi Ergaş Norpölatov.
Darhaqiqat, yuqorida taʼkidlaganimizdek, yana eʼtibor dolzarbligiça qolmoqda. Garçand, közi ojizlar va ularning hayoti, qalbi haqida köp va xöp yoziş mumkin bölsa-da, şunday xulosaga kelişimiz tabiiy. Yaʼni, közi ojizlarga heç qaçon qölidan iş kelmaydigan noçor odamga qaragandek qaramaslik, insoniy huquq va manfaatlari toptalişiga befarq bölmaslik, eng muhimi ularga özlarini munosib namoyon etiş imkoniyatini beriş har birimizdan talab etiladigan yuksak burç. Şundagina nafaqat ularga, balki ularning ota-onasiga, oilasiga işonç va xotirjamlik baxş etgan bölamiz. Zero, bugungi inson qadri tamoyiliga tayangan siyosatimizning asl maqsadi ham şundan iborat.
Şerbek Islomov,
ÖzA