Dunyoni ezgulik qutqaradi
13-noyabr kuni sayyoramizda eng samimiy va insonparvar sanalardan biri — Butunjahon mehribonlik kuni (World Kindness Day) nişonlanadi.
Kundalik hayot taşvişlari, tinimsiz yangiliklar oqimi içida köpinça inson ekanligimizni anglatuvçi jihatlarni unutib qöyamiz. Bu sana esa şoşilişlardan bir zum töxtab, atrofga nazar soliş, kiçik bir yaxşilik yoki samimiy aytilgan ezgu söz kimningdir bir kunini, baʼzan esa butun hayotini özgartira olişini yodga oliş uçun ajoyib imkoniyatdir. Aynan şu kuni butun dunyo ahli bir lahza töxtab, insonning özgalarga yaxşilik qilişi, hamdardligi va beğaraz ğamxörligi oddiy, ammo buyuk kuç ekani haqida mulohaza yuritadi.
Butunjahon mehribonlik kuniga 1997-yilda Tokioda “Butunjahon mehribonlik harakati” jamoatçilik birlaşmasi taşabbusi bilan asos solingan. Uşbu sana bayram sifatida 1998-yil 13-noyabrda rasman taʼsis etilgan. Öşandan buyon bayram kölami barça qitʼalarga yoyildi. Önlab mamlakatlar, xususan, Rossiya, Avstraliya, Yaponiya, Yevropa va Yaqin Şarq davlatlari mazkur harakatga qöşildi. Mazkur sananing asosiy maqsadi — yaxşilik qiliş kişiga ruhiy huzur bağişlaşi bilan birga, tinçlik-totuvlik va insoniylikni saqlab qoliş uçun ham öta zarurligini eslatişdir.
Zamonaviy ilm-fan faylasuflar va olimlarning mehr-şafqat kuçli biologik hamda psixologik taʼsirga ega ekani haqidagi asrlar davomida aytib kelgan fikrlarini allaqaçon tasdiqladi. Bunda “baxt gormonlari” işga tuşadi, yaʼni inson biror ezgu işga qöl örganida yoki şunçaki birovning yaxşilik qilganini kuzatganida, miyasi endorfin, serotonin va dofamin gormonlarini işlab çiqaradi. Psixologlar bu holatni “helper’s high” — kişining boşqa bir insonga yoki hayvonga beğaraz yordam körsatganidan söng his etadigan kötarinki kayfiyati, eyforiya va xotirjamligi deb ataşadi. Atrofdagilarga doimiy ğamxörlik qiliş insonda kortizol (stress gormoni) darajasini pasaytirib, qon bosimini meʼyorlaştiradi, immun tizimini mustahkamlaydi.
Mehr-şafqatning ajoyib yuqumli xususiyati bor. Tadqiqotlar şuni körsatadiki, birovning xolis yaxşiligiga guvoh bölgan odamning özi ham şunday fidoyilik körsatiş ehtimoli ança yuqori böladi. Butun bir jamoa, hatto şahardagi muhitni özgartirişga qodir bölgan ezgu işlar zanjiri ana şu tarzda yuzaga keladi.
13-noyabr qanday nişonlanadi?
Butunjahon mehribonlik kunini nişonlaş katta mablağ yoki alohida tayyorgarlikni talab etmaydi. Çinakam mehr-şafqat arzimasdek tuyulgan oddiy amallarda namoyon böladi. Şu bois köpinça u eʼtibordan çetda qoladi. Dökon kassiri, avtobus çiptaçisi, köça tozalovçisi yoki hamkasbingizga kundalik mehnati uçun minnatdorlik bildiring. Kimdir bilan munosabatlaringiz sovuqlaşgan yoki örtangizda ançadan buyon tuşunmovçilik davom etayotgan bölsa, 13-noyabr — keçirim söraş va yaraşiş sari ilk qadam taşlaş uçun eng qulay fursatdir.
Atrofdagilarga iliqlik ulaşing: xayriya jamğarmasi yoki hayvonlar boşpanasiga kömaklaşing, keksa qöşningiz uçun oziq-ovqat xarid qiling yoki muhtojlarga imkon qadar ehson qiling. Yaqinlaringizga vaqt ajrating: ota-onangizga qönğiroq qiling, farzandlaringizni bağringizga bosing, turmuş örtoğingiz uçun sevimli taomini tayyorlab bering. Özingizga nisbatan ham mehribon böling — özingizni ortiqça tanqid qilişni, ötmişdagi xatolar uçun ayblaşni töxtating, dam oling, sizga quvonç bağişlaydigan maşğulotlarga vaqt ajrating. Ruhiy va jismoniy salomatligingizga eʼtibor qarating. Zero, yaxşilik heç qaçon unutilmaydi, dunyoni ezgulik qutqaradi.
Lira Şafik tayyorladi,
ÖzA