Yangi loyihalar yangi iş örni demak
Bugun mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli iqtisodiy islohotlarning boş maqsadi aholi farovonligini oşiriş, hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalaniş, yangi iş örinlarini yaratiş va tadbirkorlikni rivojlantirişdan iborat. Bu borada sanoatni modernizatsiya qiliş, investitsiyalarni jalb etiş, işlab çiqarişni kengaytiriş va mahalliy mahsulotlarni taşqi bozorlarga olib çiqiş ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
Ayniqsa, hududlarda tadbirkorlik subʼektlari uçun yaratilayotgan qulay şart-şaroitlar, moliyaviy kömak mexanizmlari, böş yer maydonlaridan samarali foydalaniş hamda yangi loyihalarni amalga oşirişga qaratilayotgan eʼtibor iqtisodiy ösişning muhim omiliga aylanmoqda. Bu haqda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi Begzod Bobomurodov muxbirimiz bilan bölgan suhbatda quyidagilarni gapirib berdi:

– Amalga oşirilayotgan islohotlar natijasida joriy yilning 9 oyida tumanimizda sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 1 trillion 682 milliard sömni taşkil etib, ösiş surʼati 112,2 foizga yetdi. Tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş 904,5 milliard sömni taşkil etgan bölsa, tekstil va töqimaçilik sanoatida 297,2 milliard sömlik, boşqa turdagi sanoat tarmoqlarida 290,9 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarilgan. Şuningdek, metallurgiya sanoatida 92,4 milliard söm, toğ-kon sanoatida 61,9 milliard söm, rezina va plastmassa buyumlari işlab çiqarişda 35,1 milliard sömlik mahsulot tayyorlangan.
Bugungi kunda islohotlarning eng muhim natijalaridan biri aholi, xususan, xotin-qizlar bandligini taʼminlaşda namoyon bölmoqda. Bu borada tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, işlab çiqarişni mahallalarga olib kiriş va kasanaçilik imkoniyatlaridan samarali foydalaniş muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunga “Akobir Marjona Orzusi” oilaviy korxonasi faoliyati yaqqol misol böla oladi.
Yaqin kunlargaça tadbirkor xonadonida qariyb 50 nafar xotin-qiz römol tikiş va gul bosiş işlari bilan şuğullanar edi. Tadbirkorning uyi oldidagi böş yer maydoni sex quriş uçun auksionga çiqarilib, zarur moliyaviy kömak ajratilişi natijasida yangi işlab çiqariş sexi barpo etildi. Korxonada 120 nafar xotin-qiz uçun doimiy iş örni yaratildi. Şuningdek, 11 ta mahallada kasanaçilik tizimi yölga qöyilib, 900 nafar uyda ötirgan xotin-qizning bandligi taʼminlandi.

Albatta, tadbirkorlikni rivojlantiriş nafaqat iqtisodiy ösişga, balki aholining ijtimoiy muammolarini hal etiş, oilalar farovonligini oşirişga ham xizmat qilmoqda. Tumanda sanoat salohiyatini oşiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş va eksportbop mahsulotlar turini köpaytiriş maqsadida yirik investitsiya loyihalari hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, “SVS NAVOIY” MÇJ xorijiy korxonasi tomonidan umumiy qiymati 60 million AQŞ dollariga teng bölgan quriliş qölqoplari işlab çiqariş loyihasi amalga oşirilmoqda. Loyihaning birinçi bosqiçi uçun 30 million dollarlik investitsiya özlaştirilib, işlab çiqariş quvvatlari foydalanişga topşirildi. Keyingi bosqiçda yana 30 million dollarlik investitsiya hisobiga lateks qoplamali qölqoplar işlab çiqariş yölga qöyiladi. Uşbu bosqiç amalga oşirilişi natijasida qöşimça 111,6 milliard sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqariş, 9,3 million dollarlik eksportni taʼminlaş hamda 400 ta doimiy iş örni yaratiş rejalaştirilgan.
Mazkur loyihaning ahamiyati şundaki, u nafaqat sanoat işlab çiqariş hajmini oşiradi, balki mahalliy mahsulotlarni taşqi bozorlarga olib çiqiş, import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş va hududning eksport salohiyatini mustahkamlaşga ham xizmat qiladi.

Yana bir muhim loyiha “YANGI ASR” fermer xöjaligi tomonidan amalga oşirildi. Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaş, sutni çuqur qayta işlaş va import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş maqsadida umumiy qiymati 27,8 milliard sömlik investitsiya loyihasi amalga oşirildi. Şundan 9,8 milliard sömi bank krediti hisobidan moliyalaştirildi.
Loyiha doirasida 130 ta yangi iş örni yaratildi hamda yillik 55 ming tonna sutni çuqur qayta işlaş quvvatiga ega tizim taşkil etildi. Bugungi kunda korxonada “Sof in” brendi ostida zamonaviy Turkiya texnologiyalari asosida sutni qayta işlaş yölga qöyilgan bölib, kuniga 60 tonna sut qayta işlanmoqda. Işlab çiqarişda xalqaro standartlarga mos sifat va sanitariya talablariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar joriy etilişi natijasida sut mahsulotlarining yaroqlilik muddati 7 kundan 21 kungaça uzaytirildi. Ayni paytda korxonada 65 dan ortiq turdagi tayyor mahsulotlar, jumladan, yogurt, smetana, tvorog, qaymoq, qattiq va yumşoq pişloqlar, xususan, “Mozzarella” pişloqlari işlab çiqarilmoqda.

Iqtisodiy islohotlarning muhim yönalişlaridan yana biri mahalliy korxonalarning taşqi bozorlardagi iştirokini kengaytiriş, eksport hajmini oşiriş va yangi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini yaratişdan iborat. Belgilangan rejalarga muvofiq, yil yakuniga qadar tumanda eksportçi korxonalar sonini 13 taga yetkaziş közda tutilgan. Ular tomonidan jami 37,3 million dollarlik mahsulot eksport qilinişi rejalaştirilgan. Şundan 30,6 million dollari sanoat mahsulotlari, 6,7 million dollari meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga töğri keladi. Şuningdek, 22 turdagi mahsulot, jumladan, 4 ta yangi mahsulot 12 ta davlatga eksport qilinişi belgilangan.
Kelgusi 2027-yilda esa eksport salohiyatini yanada oşiriş maqsadida eksportçi korxonalar sonini 16 taga, eksport hajmini 40,5 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan. Uning 33,5 million dollari sanoat, 7 million dollari meva-sabzavot mahsulotlari hissasiga töğri keladi. Eksport mahsulotlari turini 26 taga, eksport geografiyasini esa 15 ta davlatga yetkaziş maqsad qilingan. Jumladan, “SVS NAVOIY” MÇJ XK tomonidan 25 million dollarlik quriliş qölqoplarini Rossiya va Armaniston bozorlariga, “ZARAFSHAN LIME GROUP” MÇJ tomonidan 1 million dollarlik ohak mahsulotlarini Ispaniya, Tojikiston va Afğonistonga, “ZARMETAN UNIVERSAL SAVDO” MÇJ tomonidan 1,5 million dollarlik buğdoy unini Afğonistonga eksport qiliş rejalaştirilgan. Şuningdek, “TAVOIS AGROMIR EKSPORT” MÇJ tomonidan 2,5 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiyaga, “ADIZ BOBO” fermer xöjaligi tomonidan esa 1 million dollarlik bodring mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib beriş közda tutilgan.
Eksport hajmi va geografiyasini kengaytiriş maqsadida yangi korxonalarni ham taşqi iqtisodiy faoliyatga jalb qilişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 2027-yilda yana 2 ta yangi korxonani eksport faoliyatiga yönaltiriş belgilangan. Jumladan, “HEMPFARM JV” MÇJ QK tomonidan 3 million dollarlik kannabis tolasi mahsulotini Xitoyga eksport qiliş, “REGISTON” MÇJ XK tomonidan esa yevro dizel yoqilğisini Afğoniston bozoriga yetkazib beriş rejalaştirilgan.
Uşbu rejalarning amalga oşirilişi eksport mahsulotlari turini köpaytiriş, yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va hududning taşqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirişga xizmat qiladi.

Xullas, bugungi kunda tumanda sanoatni rivojlantiriş orqali yangi işlab çiqariş quvvatlari yaratilmoqda, tadbirkorlarga yer va moliyaviy resurslar ajratiş orqali ularning taşabbuslari qöllab-quvvatlanmoqda, aholi bandligi taʼminlanmoqda, mahalliy mahsulotlarning eksport salohiyati oşirilmoqda. Bir söz bilan aytganda, sanoati rivojlangan, tadbirkori qöllab-quvvatlangan, aholisi iş bilan taʼminlangan va mahsuloti jahon bozoriga çiqayotgan hududning iqtisodiy kelajagi mustahkam böladi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri