Tadbirkorlar manfaati – iqtisodiy islohotlarning muhim mezoni
Mamlakatimizda tadbirkorlik uçun erkin va qulay muhit yaratiş, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi rolini kuçaytiriş, eksport geografiyasini kengaytiriş hamda milliy mahsulotlarning jahon bozorlaridagi raqobatbardoşligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu bilan birga tadbirkorlik subʼektlarining erkin faoliyat yuritişi, ularning moliyaviy barqarorligi va huquqiy jihatdan işonçli himoyalaş ham davlatimizning diqqat markazida.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 27-avgustdagi “Taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorliklarni qisqartirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni ham taşqi savdo sohasida mavjud muammolarni hal etiş, eksportyor korxonalarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qiliş va ular uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş borasidagi muhim huquqiy hujjatlardan biri böldi.
– Taşqi iqtisodiy faoliyat bilan şuğullanuvçi korxonalar tovarlar, işlar va xizmatlarni xorijiy hamkorlarga yetkazib berganidan keyin şartnomada belgilangan muddatlarda tölovlarning kelib tuşişini taʼminlaşi lozim, – deydi Navoiy viloyati bojxona boşqarmasi boşliği örinbosari Muxtor Örozaliyev. – Biroq amaliyotda xorijiy kontragentlarning şartnomaviy majburiyatlarni öz vaqtida bajarmasligi, xalqaro bank ötkazmalaridagi çeklovlar, ayrim davlatlardagi sanksiyalar va tölov tizimlaridagi muammolar sababli eksport tuşumlarining keçikişi holatlari uçrab turibdi. Natijada tovar yoki xizmatni amalda eksport qilgan, öz zimmasidagi şartnomaviy majburiyatlarni bajargan korxonalar ham muddati ötgan debitor qarzdorlikka duç kelmoqda. Bu esa ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy taʼsir körsatiş bilan birga, mablağlarni repatriatsiya qiliş talablari bajarilmaganligi uçun jarimalar qöllanilişiga ham sabab bölişi mumkin.
Farmonga köra, tadbirkorlik subʼektlarining taşqi omillar taʼsirida yuzaga kelgan muammolarini bartaraf etiş, mavjud qarzdorliklarni qonuniy tartibda söndiriş va ortiqça moliyaviy yukni kamaytirişga qaratilgan mexanizmlar belgilangan.
Jumladan, 2027-yil 1-yanvarga qadar taşqi savdo operatsiyalari böyiça muddati ötgan debitor qarzdorliklarni öz mablağlari hisobidan söndirişga ruxsat beriş böyiça bir martalik umumdavlat aksiyasi eʼlon qilindi. Mazkur aksiya tovarlar, işlar yoki xizmatlar amalda eksport qilingan, biroq xorijiy kontragent tomonidan tölov belgilangan muddatda amalga oşirilmagan va “E-kontrakt” taşqi savdo axborot tizimida muddati ötgan debitor qarzdorlik sifatida qayd etilgan holatlarga tatbiq etiladi.
Uşbu tartibning eʼtiborga molik jihati şundaki, tadbirkorlik subʼektlari mazkur qarzdorlikni öz mablağlari hisobidan söndiriş imkoniyatiga ega böladi. Şu bilan birga, aksiya doirasida naqd şakldagi valyuta mablağlarini xizmat körsatuvçi tijorat banklari kassalari orqali tadbirkorlik subʼektining hisobvarağiga kiritişga ruxsat beriladi. Bunda yölovçi bojxona deklaratsiyasi va işonçnoma talab etilmaydi.
Mablağlar hisobvaraqqa kirim qilinişi bilan “E-kontrakt” tizimidagi muddati ötgan debitor qarzdorlik summasi kirim qilingan mablağlarga mutanosib ravişda avtomatik ravişda kamaytiriladi. Eng muhimi, repatriatsiya taʼminlanmaganligi uçun hisoblangan, ammo undirilmagan jarimaning tegişli qismi ham kirim qilingan mablağlarga mutanosib ravişda bekor qilinadi. Kirim qilingan mablağlar eksport tuşumi sifatida eʼtirof etilmaydi va ular QQS böyiça nol darajali stavkani qöllaş uçun asos bölmaydi. Şuningdek, aksiya ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Farmonning yana bir muhim jihati 2027-yil 1-yanvardan boşlab amal qiladigan yangi huquqiy mexanizm bilan boğliq. Unga köra, taşqi savdo operatsiyalari böyiça aktivlarning repatriatsiya qilinişini taʼminlay olmagan tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan sud tomonidan qöllaniladigan jarima miqdorini ikki baravar kamaytiriş imkoniyati belgilangan.
Bunda tadbirkorlik subʼekti xorijiy hamkordan mablağlarni undiriş va öz huquqlarini himoya qiliş maqsadida sud, arbitraj yoki boşqa majburiy undiriş mexanizmlaridan foydalanib, öziga boğliq bölgan barça çoralarni vijdonan körgan bölsa, taşqi savdo operatsiyalari böyiça aktivlarning 50 foizdan ortiği repatriatsiya qilingan bölsa yoki xalqaro sanksiyalar, bank va tölov tizimlaridagi çeklovlar sababli mablağlarni qaytariş imkoniyati çeklanganligi asoslansa, sud tomonidan jarima miqdori ikki baravarga kamaytiriladi. Mazkur yengillik ham davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Eng muhimi, bu kabi islohotlar iqtisodiy munosabatlarda davlat va tadbirkor örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, xususiy sektorning moliyaviy barqarorligini taʼminlaş va milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini yanada oşirişga xizmat qiladi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri