Tanlovda eng faol işbilarmon ayol aniqlandi
Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati Özbekiston Liberal demokratik partiyasi tomonidan 12 yildan buyon anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Işbilarmon ayol” tanlovi bu yil “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida yanada keng qamrov kasb etdi.
Şuni qayd etiş kerakki, Namangan viloyatidagi 754 mahallada faoliyat yuritayotgan 1 ming 563 nafar tadbirkor ayolning iş faoliyati yil davomida ÖzLiDeP vakillari tomonidan örganildi. Avgust-sentabr oylarida tanlovning tuman va şahar bosqiçlari ötkazilib, ularda jami 237 nafar tadbirkor ayol qatnaşdi. Saralaş natijalariga köra, har bir tuman va şahardan eng munosib deb topilgan 14 nafar iştirokçi hududiy bosqiçga yöllanma oldi.

Davlatobod tumanidagi madaniyat markazida bölib ötgan tantanali tadbirda ÖzLiDeP Namangan viloyati kengaşi raisi, deputat Solijon Möminov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Hilola Yusupova, Namangan viloyati hokimi örinbosari Dinara Yakubova, Özbekiston Fermerlari kengaşi bölim mudiri Barno Mirzamova, şuningdek, mahalliy Kengaşlar deputatlari, yirik tadbirkorlar hamda partiya faollari iştirok etişdi.

Tanlov iştirokçilari öz biznes loyihasi, işlab çiqarayotgan mahsulotlari va xizmatlari, erişgan yutuqlarini namoyiş etib, körgazma hamda taqdimotlarga özgaça kreativ yondaşdi. Har bir iştirokçi özining tadbirkorlik salohiyati, yangiça ğoyalari va kelgusidagi rejalari bilan munosib raqobatlaşdi.


ÖzLiDeP siyosiy kengaşi ijroiya qömitasi bölim mudiri Sevara Muslimova boşçiligidagi hakamlar hayʼati iştirokçilarni faoliyati, biznes loyihalarining samaradorligi, yangilikka intilişi, yaratayotgan iş örinlari va jamiyat hayotiga qöşayotgan hissalari yuzasidan baholaşdi.

Tanlovning yakuniy natijalarga köra, taʼlim sohasida qator nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini yölga qöygan tadbirkor Şahnoza Ğaniyeva ğoliblikni qölga kiritdi. Eʼtirof etiş joiz, bu “biznes ledi” davlat xususiy şeriklik asosidagi “Kids land”, “Oltin avlod”, “Tojmahal”, “Yosh liderlar” nomli maktabgaça taʼlim taşkilotlarini yuzaga keltirgan. Şuningdek, u «Happy kids» xususiy bolalar boğçasi va «Namangan yevro quriliş taʼmir servis» oilaviy korxonasi qoşidagi taʼlim muassasalari faoliyatini boşqaradi. Qolaversa, «Zis school» xususiy maktabining asosçisi va rahbari sifatida samarali iş olib bormoqda.

Tanlovda faxrli ikkinçi örinni egallagan Iroda Anvarbekova ikki yildan buyon 3 yoşdan 18 yoşgaça bölgan nogironligi bölgan bolalarga möljallangan «Mehrli Nurlar» kunduzgi parvariş markaziga rahbarlik qilib kelmoqda. Bundan taşqari, u tadbirkor ayollarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan “Hamroh” — “WEPS” dasturi iştirokçisi bölib, 5 ming dollarlik grantga sazovor bölgan.

Tanlovda uçinçiga loyiq körilgan Tunjay Nazan Erman qizi “NazanFashion Academy” asosçisi, modeler-dizayner sifatida köplab xalqaro moda körgazmalari va turli tanlovlarda ğolib çiqqan. Hozirga qadar 100 dan ziyod xotin-qizlarga hunar örgatib, ularning kasbiy rivojlanişi va bandligini taʼminlaşga katta hissa qöşgan.

Darhaqiqat, “Işbilarmon ayol” tanlovi şunçaki bellaşuv emas, balki ayol-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini namoyon etiş, yangi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş, tajriba almaşiş va muvaffaqiyatli biznes namunalarini ommalaştirişga xizmat qilayotgani bilan ğoyat ahamiyatlidir.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri