Yangi Farg‘onada Navro‘z nishonlandi
Ne – ne shoiru allomalar Baxor va Navro‘zga ta’rif bermagan. Ammo Baxor xamisha tabiatning uyg‘onish fasli, yer yuzi yana yashillikka burkanadigan, xayot qayta jonlanadigan ayyom. Bu faslda daraxtlar gullaydi, qushlar sayraydi. U inson qalbiga iliqlik olib kiradi, yangi orzularga chorlaydi. Shuning uchun xam baxorni poklanish va yangilanish fasli, deydilar.
Navro‘z esa baxorning eng ulug‘ va qadimiy bayramlaridan. Tun va kun tenglashadigan tabiatning mo‘jizaviy xodisasi.Navro‘z asrlar davomida xalqimizning milliy an’analari, urf-odatlari va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan.
Navro‘z – tinchlik, do‘stlik va birdamlik bayrami. U insonlarni yaxshilik, bag‘rikenglik, o‘zaro xurmat va mexr-muxabbatga chorlaydi. Shu jixatdan u nafaqat milliy, balki umuminsoniy qadriyat sifatida ma’no kasb etgan.
Maxalla institutini rivojlantirish, axoli farovonligini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni mustaxkamlash ishiga qo‘shgan xissasi uchun “Nuroniy” jamg‘armasining Buvayda tumani bo‘limi raisi Izzatilla Ernazarov “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi. Bugun yuksak mukofot egasiga topshirildi.
O‘zbekiston Prezidenti maxallalarni rivojlantirish va xuquqlarini kengaytirish ishiga aloxida e’tibor berib kelyaptilar, - deydi Izzatilla Ernazarov. – Bundan buyon maxalla yettiligi yoniga xar bir ko‘chaga bittadan nuroniy biriktiriladi. Masalan Buvayda tumanida 669 ta ko‘cha bo‘lib xayotiy tajribaga ega shuncha nuroniy tarbiyachiga aylanadi.
Mana ikki yildirki Navro‘z Farg‘onaning mo‘jizaviy Ekoshaxrida joylashgan maxobatli ochiq osmon ostidagi saxnasida nishonlanadi. Bu gal xam bu yerga viloyatning eng ulug‘ insonlari, mexnatdan qadr topgan nuroniylari, kelajakka bugun poydevor qo‘yayotgan yoshlar vakillari to‘plandilar.
– Bugun mamlakatimizda yoshlar uchun rivojlanishning istiqbol yo‘llari ochiq, - deydi bayram ishtirokchisi Dilnoz Nomonova. – Xorijiy tillar o‘rganish, informatsion texnologiyani mukammal bilish, startap doirasida loyixalar ishlab chiqib eksport qilish uchun xar qanday sharoit yaratildi. Biz yoshlar buning uchun Prezidentimizdan cheksiz minnatdormiz.
An’anaviy chorlov musiqasidan so‘ng viloyat xokimi Xayrullo Bozarov barchani bayram bilan tabrikladi. Shuningdek, Prezident tashabbusi bilan viloyatda amalga oshirilayotgan isloxotlar, xalq farovonligini oshirishga qaratilgan say-xarakatlar xaqida so‘z yuritdi.
Muxtaram Prezidentimizning bayram tabriklarida “Bugungi tinch va osuda xayotimiz, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib mexnat qilishimiz zarur” deyiladi. Biz bu chaqiriqqa baralla “Xa” deb javob beramiz, - dedi Xayrullo Bozarov.
Bayram do‘st-birodar, qo‘ni-qo‘shni bilan fayzli. Farg‘onadagi Navro‘zga qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi Botken viloyatidan vakillar qatnashdi va ular qirg‘iz xalqining bayram tabrigini yetkazishdi.
[gallery-28296]
Shundan so‘ng saxnada milliy an’analar va urf odatlarimiz aks etgan voqeliklar namoyish etildi. Qadimiy xalq o‘yinlari, raqslar va saxnalashtirilgan kompozitsiyalar bayramga ko‘tarinki rux bag‘ishladi. Bayramning yorqin qismi shubxasiz katta konsertda davom etdi. Unda yurtning taniqli san’at ustalari va farg‘onalik ijodkorlar ona Vatan, baxor va mexr-muruvvatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro etdilar. Saxna atrofida jonli saxnalar paydo bo‘ldi va farg‘onaliklar quvonchlarini raqsda ifoda etdilar.
Farg‘onada Navro‘z sayili xalqimizga xos birdamlik va milliy qadriyatlarimizning yana bir bor yorqin namoyishi bo‘ldi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4fk2eksUsEc" title="Yangi Farg'onada Navro'z nishonlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muxammadjon Obidov,
Muqimjon Qodirov (surat),
Tasvirchi: Elyor Olimov