“Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
TDSHU huzuridagi Konfutsiy institutida “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovi finalchilari va g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida “Ipak yo‘li bizni bog‘laydi — Men va Xitoy” qisqa metrajli videolar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash hamda Elchixona stipendiyalarini topshirish marosimi ham yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tadbirda xitoy tilini o‘rganayotgan iqtidorli talabalar, professor-o‘qituvchilar, Xitoy madaniyat markazi hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Ushbu “Xitoy tili ko‘prigi – 2026” xalqaro tanlovi O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti, SamDCHTI huzuridagi Konfutsiy instituti hamda Xitoy madaniyat markazi hamkorligida tashkil etildi.

Tanlovning dastlabki bosqichlarida respublika bo‘yicha 67 nafar talaba ishtirok etdi. Saralash va yarim final bosqichlari yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizning 7 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasidan 15 nafar eng iqtidorli talaba final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA