Yamanda “O‘rgimchak odam” vulqon krateriga tushib ketdi
Ijtimoiy tarmoqda “Yaman o‘rgimchak odami” laqabli o‘ttiz yoshli alpinist va ekstremal sport ixlosmandi Al-Qapa ibn Antar Yamanda Hardoh to‘g‘oni vulqon krateriga xavfli ko‘tarilish chog‘ida vafot etdi.
Fuqarolik mudofaasi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, u xavfsizlik vositalarisiz tik jarlikdan ko‘tarilmoqchi bo‘lganda muvozanatini yo‘qotib, taxminan 120 metr chuqurdagi kraterga tushib ketgan. Keyinchalik qutqaruvchilar bir necha soatlik qidiruvdan so‘ng havaskor sportchining jasadini topdilar.
Antar ijtimoiy tarmoqda himoyasiz kirish qiyin jarlikdan xavfli ko‘tarilishga urinayotgani aks etgan video lavhalari bilan mashhur edi.
S.Rahimov, O‘zA