Yaman mojarosining mintaqaga asosiy xavfi nimada? (+video)
Yaman Qizil dengizni Adan ko‘rfazi bilan bog‘lovchi strategik ahamiyatga ega Bob al-Mandab bo‘g‘ozini nazorat qiladi. Dunyo nefti va xalqaro yuk tashishning katta qismi aynan shu yo‘l orqali amalga oshiriladi.
Biroq mamlakatdagi ko‘p yillik fuqarolar urushi, husiylar nazorati va Qizil dengizdagi qurolli hujumlar mintaqani o‘ta xavfli nuqtaga aylantirdi. Natijada xalqaro savdo izdan chiqmoqda, dengiz tashuvlari qimmatlashmoqda va global iqtisodiyotga jiddiy xavf tug‘ilmoqda.
Xo‘sh, nega Yaman bugun butun dunyo diqqat markazida? Bu mojaro qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin? Bu haqda “Xavfli nuqtalar” dasturimizda so‘z yuritamiz.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “YouTube” kanalida ko‘rishingiz mumkin.
F.Yaxshiboyeva,
U.To‘xtayev (videomuhandis),
O‘zA