Zelenskiy: Rossiya va Eronga qarshi yangi sanksiya tasdiqlandi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH Senatining 60 dan ziyod ikki partiyaga mansub vakillari bilan muhim uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qildi.
Muloqot davomida amerikalik qonun chiqaruvchilar marhum respublikachi senator Lindsi Grem tomonidan ikki yildan ko‘p vaqt davomida tayyorlangan Rossiya va Eronga qarshi sanksiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha ilk protsessual ovoz berish jarayonini amalga oshirgan. Ukraina yetakchisi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Vashingtonning doimiy qo‘llab-quvvatlashi, frontdagi askarlar ko‘rsatkichiga berilgan yuqori baho hamda RF hujumiga munosib javob qaytarish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirgan. Uchrashuv chog‘i tomonlar ko‘plab muhim masalalar, xususan aksil ballistik himoya tizimi masalalarini muhokama qilgan.
Zelenskiy ta’kidlashicha, aynan senator Lindsi Grem bilan vidolashuv kuni ushbu sanksiya hujjati bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tgani o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Ovoz sanash jarayonida shaxsan ishtirok etgan Ukraina yetakchisi hujjatni 86 nafar senator ma’qullagani va bu tinchlikni ta’minlash hamda marhum senator rejasini hayotga tatbiq etish yo‘lidagi ilk muhim qadam ekanini qo‘shimcha qildi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA