Xorazmda O‘zbekiston kubogi start oldi
Urganch shahrida yoshlar (yigit va qizlar) hamda o‘smir yigit-qizlar o‘rtasida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi start oldi.
Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mahoratli velosportchilar ishtirok etmoqda.


Sportchilar o‘rtasidagi bahslar 15-19-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri