Chempionlar ligasi finallari Myunxen va Barselonada o‘tkaziladi
UEFA kelgusi ikki mavsumda Yevropa klublari o‘rtasidagi nufuzli musobaqalarning final uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadionlarni ma’lum qildi.
Tashkilot qaroriga ko‘ra, 2027/28-yilgi mavsum UEFA Chempionlar ligasi finali Germaniyaning Myunxen shahridagi «Alyans Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur mavsum Yevropa ligasining hal qiluvchi uchrashuviga Buxarestdagi Milliy stadion, Konferensiyalar ligasi finaliga esa Turindagi «Alyans Stedium» mezbonlik qiladi.
2028/29-yilgi mavsum Chempionlar ligasi finali «Barselona» klubining uy stadioni — «Kamp Nou»da o‘tkaziladi. Yevropa ligasi g‘olibi Belgradda, Konferensiyalar ligasi chempioni esa Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da aniqlanadi.
Shuningdek, UEFA Superkubogi uchun 2027-yilgi uchrashuv Amsterdamdagi «Yoxan Kroyff Arena»da tashkil etiladi.
2028-yilgi Superkubok bahsiga esa Qozog‘iston poytaxtidagi «Ostona Arena» mezbonlik qiladi.
O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar: @Uzasport