Hududiy kengaş aʼzolari öqitildi
Samarqandda viloyat korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça hududiy kengaşi aʼzolari iştirokida “Korrupsiyaga qarşi nazorat, jamoatçilik bilan hamkorlik va şaffoflikni taʼminlaş” mavzusida öquv-seminar ötkazildi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikdagi “Özbekistonda korrupsiyaga qarşi milliy ekotizimni mustahkamlaş” qöşma loyihasi doirasida taşkil etilgan öquvda iştirokçilarga korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi qonunçilikka kiritilgan sönggi özgartiş va qöşimçalarning mazmun-mohiyati tuşuntirildi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi huquqni muhofaza qiliş akademiyasi prokurori Temur Safarov, media tadqiqotlar instituti rahbari, media ekspert Beruniy Alimov va boşqalar hududiy korrupsiyaga qarşi kuraşiş kengaşlarining institutsional va huquqiy asoslari, vakolatlari, vazifalari hamda funksiyalari, milliy va mintaqaviy darajadagi hamkorlik mexanizmlari, şaffoflikni taʼminlaş uçun fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan özaro hamkorlik masalalari haqida maşğulotlar ötdi.

Iştirokçilar guruhlarga bölingan holda hududiy darajada yuzaga keladigan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaş, davlat organlari örtasida axborot almaşinuvini yölga qöyiş, vazifalarni samarali taqsimlaş, fuqarolar murojaatlari va statistik maʼlumotlardan foydalaniş hamda kengaşlar faoliyatini takomillaştiriş böyiça takliflar işlab çiqdilar.
Alohida eʼtibor hududiy davlat organlari rahbarlarining korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasidagi hisobotlarini eşitiş, ularni dastlabki körib çiqiş, muhokama qiliş va natijalari böyiça tegişli çoralar belgilaş mexanizmlariga qaratildi.
Şuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va şaffoflik bilan boğliq muammolarni aniqlaşda fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari, jamoatçilik kengaşlari, taşabbuskor guruhlar hamda ommaviy axborot vositalarining örni va ahamiyati atrofliça körib çiqildi.
Jumladan, jamoatçilik nazoratini amalga oşirişning amaliy mexanizmlari, fuqarolar murojaatlari, jamoatçilik fikrini örganiş, oçiq maʼlumotlardan foydalaniş, jurnalistlar va blogerlar bilan samarali muloqot örnatiş masalalari muhokama qilindi.

Amaliy maşğulotlar doirasida iştirokçilar davlat xaridlari, manfaatlar töqnaşuvi, yer ajratiş va quriliş sohalaridagi şartli vaziyatlarni tahlil qilib, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan xabarlarning ortidagi ehtimoliy korrupsiyaviy xavflarni aniqlaş, maʼlumotlarni qöşimça tekşiriş, masʼul idoralarni belgilaş va tegişli çora-tadbirlarni işlab çiqiş böyiça tajriba almaşdilar.
– Mazkur trening hududiy korrupsiyaga qarşi kuraşiş kengaşlari faoliyatini takomillaştiriş, idoralararo hamkorlikni kuçaytiriş, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan konstruktiv muloqotni rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega, – deydi Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi Samarqand viloyati bölimi raisi, hududiy kengaş aʼzosi Akram Haydarov. – Ikki kunlik öquv davomida qonunçilikdagi yangilik va özgarişlar bilan birga, korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasida hududiy kengaşlar tomonidan amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar töğrisida tuşunçaga ega böldik. Xususan, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik, maʼlumotlarni jamoatçilikka yetkazişning öziga xos talablari böyiça huquqşunos va ekspertlardan tavsiyalar oldik.
Ğolib Hasanov, ÖzA muxbiri