Ijtimoiy tarmoqlar huquqiy savodxonlikni talab etadi
Bugungi kunda internet, ijtimoiy tarmoqlar, elektron tölov tizimlari, sunʼiy intellekt va turli raqamli platformalar insonlarning axborot oliş, muloqot qiliş, taʼlim oliş hamda mehnat faoliyatini taşkil etiş imkoniyatlarini tubdan özgartirdi.
Biroq har qanday taraqqiyot singari raqamlaşuv jarayoni ham muayyan muammo va tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, kibermakonda axborot xavfsizligini taʼminlaş, şaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qiliş, internetdagi zararli taʼsirlarning oldini oliş masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Navoiy viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraş boşqarmasi boşliği Anvar Salimov muxbirimiz bilan bölgan suhbatda sohadagi yutuq va muammolar haqida quyidagilarni gapirib berdi:
– Kibermadaniyatni faqat kompyuter va internetdan foydalaniş könikmasi sifatida tuşuniş töğri emas. U, avvalo, insonning raqamli makondagi bilimi, dunyoqaraşi, axloqiy qaraşlari, huquqiy savodxonligi va masʼuliyatli xatti-harakatlarini ifodalaydi. Boşqaça aytganda, kibermadaniyat bu insonning virtual muhitda ham özini madaniyatli, huşyor va masʼuliyatli tuta oliş qobiliyatidir. Tahlillar şuni körsatadiki, raqamli texnologiyalardan foydalaniş imkoniyatlarining kengayişi har doim ham ulardan töğri va xavfsiz foydalaniş madaniyatining şakllanişi bilan bir xil surʼatda keçmayapti. Köp hollarda foydalanuvçilar internetdagi maʼlumotlarning işonçliligini tekşirmasdan qabul qiladi, şaxsiy maʼlumotlarini yetarliça himoya qilmaydi yoki notaniş manbalardan kelgan xabar va havolalarga işonib qoladi. Natijada firibgarlik, fişing, akkauntlarni özlaştiriş, şaxsiy maʼlumotlarni tarqatiş va boşqa kiberjinoyatçilik holatlari uçun şaroit yuzaga keladi.
Ötgan davr mobaynida viloyatda AT sohasida jinoyatçilikning oldini oliş böyiça aholini kibertahdidlardan ogohlantiriş yuzasidan qariyb 5 ming marotaba tarğibot-taşviqot tadbirlari ötkazildi. Şuningdek, kiberjinoyatlardan himoyalaniş usullarini tuşuntiruvçi 1,3 mingtaga yaqin videomaterial, 430 mingga yaqin tarqatma material va flayerlar, 900 dan ziyod bannerlar tayyorlandi hamda OAV orqali çiqişlar amalga oşirildi.
Bundan taşqari, aholini kiberjinoyatlardan himoyalaş maqsadida viloyatdagi 400 mingga yaqin aholining telefon qurilmalariga “APK qöriqçi” mobil ilovasi örnatilib, zararli dasturlar orqali jabrlanişlarning oldi olinmoqda.
Muammoning yana bir muhim jihati şundaki, axborot oqimining haddan taşqari köpayişi insonning tanqidiy fikrlaş qobiliyatiga ham taʼsir qilişi mumkin. Şu bois bugungi kunda axborotni qabul qilişdan köra, uni tahlil qiliş, manbasini aniqlaş va haqiqatga muvofiqligini baholaş muhimroq könikmaga aylanmoqda.
Bugun yoş avlod raqamli texnologiyalar bilan bevosita boğliq muhitda kamol topmoqda. Ular uçun internet nafaqat axborot manbai, balki muloqot, taʼlim, özini namoyon qiliş va dunyoqaraşni şakllantiriş maydoni hamdir. Şu sababli yoşlarning internetdan foydalaniş madaniyatini oşiriş faqat texnik bilimlarni örgatiş bilan çeklanmasligi kerak. Ularda mustaqil fikrlaş, axborotni tanqidiy baholaş, yot va zararli ğoyalarni farqlaş, öz şaxsiy maʼlumotlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda böliş kabi fazilatlarni şakllantiriş zarur. Bunda oila, taʼlim muassasalari va jamoatçilikning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-onalar farzandlarining raqamli muhitdagi faoliyatiga befarq bölmasligi, ular bilan internetdan xavfsiz foydalaniş haqida muntazam suhbatlaşişi lozim. Taʼlim muassasalarida esa kiberxavfsizlik, mediasavodxonlik va raqamli etika masalalarini öquv-tarbiyaviy jarayonga keng tatbiq etiş maqsadga muvofiq.
Bugungi kunda fuqarolarning şaxsiy maʼlumotlari, bank kartalari, elektron poçta manzillari va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari turli kiberxavflar obʼektiga aylanmoqda. Şu bois huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan bu turdagi jinoyatlarni barvaqt aniqlaş va ularga çek qöyiş böyiça tizimli çoralar körilmoqda.
Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyat va huquqbuzarliklar yuzasidan kelib tuşayotgan murojaatlarni sodir etiş usuli va turlari, jabrlanuvçilarning iş joyi böyiça viktimologik tahlil qilinganda, jinoyatlarning “APK” zararli viruslari, “Soxta qönğiroqlar”, “onlayn savdo”, “soxta treyding” usullari orqali sodir etilayotganligi maʼlum bölmoqda. Şuning uçun murakkab parollardan foydalaniş, ikki bosqiçli tasdiqlaşni joriy etiş, şubhali havolalarni oçmaslik va şaxsiy maʼlumotlarni notaniş şaxslarga taqdim etmaslik oddiy ehtiyot çorasi emas, balki raqamli xavfsizlikning zarur şarti hisoblanadi.
Yana bir muhim jihat — sunʼiy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanişi insonlarga katta imkoniyatlar yaratişi bilan birga, soxta tasvirlar, ovozlar va videolarni tayyorlaş, axborotni soxtalaştiriş hamda jamoatçilikni çalğitiş kabi yangi muammolarni ham keltirib çiqarmoqda.
Xullas, kibermadaniyatni rivojlantiriş bir martalik tadbir yoki faqat muayyan soha mutaxassislarining vazifasi emas. Bu uzluksiz taʼlim, tarbiya, huquqiy savodxonlik va ijtimoiy masʼuliyat bilan boğliq jarayondir.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri