Xavfli oziq-ovqat mahsulotlari dasturxonimizgaça yetib kelmasligi uçun nima qilmoq kerak?
Dökondan oilangiz uçun kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilyapsiz. Yorqin qadoqlar, peştaxtaga çiroyli terilgan meva-sabzavotlar darrov eʼtiborni tortadi.
Ammo biroz huşyor tortib, yorliqdagi yozuvlarni öqisangiz, qölingizdagi sutning yaroqlilik muddati allaqaçon ötib ketganiga yoki göşt mahsuloti notöğri haroratda saqlanayotganiga közingiz tuşadi. Sizning şu kiçkina eʼtiboringiz butun boşli oilani ehtimoliy xavfdan asrab qoladi.
Salomatligimizga tahdid soluvçi bu kabi xavflar köpinça ana şunday çiroyli manzara ortida yaşiringan böladi. Muddati ötgani, notöğri saqlangani yoki tarkibida zararli moddalar borligi köpinça mahsulot dasturxonga tortiq qilinganidan sönggina maʼlum böladi. Ammo bu paytda keç bölişi mumkin.
Demak, oziq-ovqat xavfsizligi bozordagi tekşiruv yoki sotuvçiga jarima yozişdan iborat çeklanmas ekan. Bu mahsulot yetiştirilgan daladan tortib, işlab çiqariş, taşiş, saqlaş va isteʼmolçi dasturxonigaça bölgan butun bir masʼuliyat zanjiri sanaladi.
Soha mutaxassislarining taʼkidlaşiça, xavfsizlikni taʼminlaş davlat organlari va xaridorlarning huşyorligiga boğliq.
– Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşda, eng avvalo, isteʼmolçining faolligi muhim, – deydi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi mutaxassisi Abdurahmon Ismoilov. – Masalan, olayotgan mahsulotingizning yaroqlilik muddati ötgani, qadoği buzilgani yoki issiqda qolib ketganini körsangiz, bunga indamay qarab turmaslik kerak. Bu haqda tegişli taşkilotlarga darhol xabar berişga odatlanişimiz lozim. Qalbaki, kelib çiqişi nomaʼlum yoki muddati ötgan ovqatlarni sotişga nisbatan jamiyatda murosasiz muhit şakllanişi şart. Mana birgina raqamga eʼtibor qarataylik. Joriy yilning dastlabki sakkiz oyida 742 tonnadan ortiq sifatsiz va isteʼmolga yaroqsiz oziq-ovqat mahsuloti savdodan olingan.
Tasavvur qilyapsizmi, agar şunça xavfli mahsulot töxtatib qolinmaganida, qançadan-qança oilalarning dasturxoniga kirib borardi? Bunça miqdordagi mahsulot ortida qança insonning soğliği, hayoti turibdi.
Demak, ötkazilgan 699 ta tekşiruv yoki 670 dan ziyod tadbirkorlik subʼektidagi kamçiliklarni aniqlaşni oddiy qoğozdagi hisobot deb bölmaydi.
Mamlakatimizda nazorat faqat peştaxtada emas, balki “daladan dasturxongaça” tamoyili asosida olib borilmoqda. Bozor va dökonlarda mahsulotning taşqi körinişidan taşqari, uning qayerdan kelgani, qaçon işlab çiqarilgani va qanday taşilgani hujjatlar asosida örganiladi. Ayniqsa, göşt, sut, baliq kabi tez buziladigan oziq-ovqatlar qatʼiy veterinariya nazoratidan ötkazilib, laboratoriyada tekşiriladi.
Bundan taşqari, xorijdan keltirilayotgan import mahsulotlar ham özimizning xavfsizlik talablarimizga töliq javob berişi şart. Ularning tarkibida turli zararli moddalar, oğir metall tuzlari, pestitsid yoki antibiotiklar bor-yöqligi tekşiriladi. Nazorat jarayoni mahsulotning turi va xavf-xatar darajasiga qarab belgilanadi.

Xöş, tekşiruvlarda aniqlangan kamçiliklardan keyin sifatsiz mahsulotlar yana bozorga qaytib çiqmasligiga kim kafolat beradi? Nazorat tadbirlari faqat qoidabuzarni topiş bilan çeklanib qolmayaptimi?
– Bizning asosiy maqsadimiz qoidabuzarlik sodir etilgandan keyin tadbirkorni jazolaş emas, – deya taʼkidlaydi Abdurahmon Ismoilov. – Şuningdek, biz xavfli mahsulotning isteʼmolçiga yetib borişining oldini olişga harakat qilamiz. Mahsulot çet eldan kelganmi yoki özimizda çiqarilganmi, bundan qatʼi nazar, u odamlar soğliğiga zarar yetkazmasligi kerak. Bojxona va boşqa nazorat organlari bilan hamkorlikda işlaşdan közlangan maqsad ham şu. Çunki dasturxon xavfsizligi raqamlar bilan emas, millat salomatligi bilan ölçanadi.
Agar mahsulot xavfsizlik talabiga javob bermasa, uning savdosi darhol töxtatiladi. Maxsus komissiya qarori bilan u muomaladan çiqarilib, yöq qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, oziq-ovqat xavfsizligi faqat davlatning işi emas. Bunda işlab çiqaruvçining, sotuvçining va albatta, isteʼmolçilarning umumiy masʼuliyati bor.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA muxbiri