Qoraqalpoğiston Respublikasi xabarlari – qisqa satrlarda
Bözatov tumanida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan ertalabki yuriş marafoni taşkil etildi.
Marafonda tuman muassasa va taşkilotlari rahbarlari, faol yoşlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi. Tadbir davomida iştirokçilar Vatanga muhabbat, milliy ğurur va iftixor tuyğularini namoyon etib, yurtimiz bayroği ostida hamjihatlik va birdamlikni namoyiş etdi.
Davlat bayroğimiz - mustaqilligimiz, tinçligimiz va xalqimizning ezgu orzu-intilişlari timsolidir. Uşbu marafon iştirokçilarda vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirişga xizmat qildi.
***
Şumanay tumani “Qoraboyli” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi “K.Yusupov” fermer xöjaligi dalalarida 2027-yil hosili uçun ekinlardan böşagan yer maydonlarida kuzgi haydov işlarini taşkil etiş, yer konturlarini muvofiqlaştiriş va kengaytiriş masalalariga bağişlangan amaliy-körgazmali seminar ötkazildi.

Tadbir davomida kuzgi şudgorlaş işlarini belgilangan agrotexnik talablar asosida amalga oşiriş, yerning meliorativ holatini yaxşilaş, tuproq unumdorligini saqlaş va oşiriş, şuningdek, yer maydonlaridan samarali foydalaniş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Mutaxassislar tomonidan fermer xöjaligi vakillariga kelgusi yil hosili uçun yerlarni sifatli tayyorlaş böyiça tavsiyalar berildi.
***
Kegeylida “Eng yaxşi xotin-qizlar faoli” tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi.

Mahallalarda xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş, ularning iş samaradorligini oşiriş, taşabbuskor va fidoyi xotin-qizlar faollarini qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etilgan tanlovda tumandagi 16 ta mahalla fuqarolar yiğinida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari özaro bellaşdi.
Iştirokçilar faoliyati davomida erişgan natijalari, amalga oşirgan taşabbuslari va ilğor iş tajribalarini namoyiş etişdi. Tanlov yakunida munosib iştirok etgan faollar eʼtirof etilib, ğoliblar taqdirlandi.
***
Beruniy tumani hokimligida Prezident Olimpiadasida munosib iştirok etib, özlarining sport mahorati, kuç-ğayrati va irodasini namoyon etgan yoş sportçilar, ularning murabbiylari va ota-onalari bilan uçraşuv ötkazildi.

Tadbirda tuman yoş sportçilarning nufuzli musobaqadagi iştiroki, erişgan natijalari hamda sport sohasidagi intilişlari alohida eʼtirof etildi. Voleybol böyiça Qoraqalpoğiston qizlar jamoasi oltin medalga ega bölib, özlarining tengsizligini yana bir bora namoyiş etişdi. Para sportçilarning irodasi va iştiroki ham alohida qayd etildi.
Prezident Olimpiadasi iştirokçilariga esdalik sovğalari va rağbatlantiruvçi mukofotlar topşirildi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri