Ekspertiza tayinlaşda muammo qayerda?
Odil sudlovni amalga oşirişda ekspertiza xulosalarining örni muhim. Ayniqsa, quriliş-texnikaviy va yerga oid nizolarni qonuniy, xolis va asosli hal etişda sud ekspertizalarini töğri tayinlaş hamda öz vaqtida ötkaziş alohida ahamiyat kasb etadi.
Şu maqsadda Xorazm viloyati sudida fuqarolik işlari böyiça sudyalar hamda Xadiça Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi viloyat bölimi xodimlari iştirokida “Sud-quriliş-texnikaviy va sud-yer ekspertizalarini tayinlaş va ötkazişning qisqa tartibi” mavzusida amaliy seminar taşkil etildi.

Seminar davomida sudyalar va ekspertlar örtasida amaliyotda yuzaga kelayotgan tuşunmovçiliklar, ularning sabablari hamda bu holatlarning işlarni körib çiqiş muddatlari va sifatiga taʼsiri yuzasidan fikr almaşildi. Mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça iştirokçilar tomonidan aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yakunda sud va ekspertiza muassasasi örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, ekspertizalarni tayinlaş va ötkaziş jarayonidagi ortiqça ovoragarçiliklarning oldini oliş hamda sud işlarini sifatli va samarali körib çiqişga xizmat qiladigan amaliy çoralarni kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA muxbiri