Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer Toşkentda
Ertaga, 19-noyabr kuni poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi” sport majmuasida dzyudo böyiça yoşlar örtasidagi jahon çempionati bellaşuvlari boşlanadi.
Bugun, 18-noyabr kuni erta tongda mazkur nufuzli musobaqada rasmiy mehmon sifatida iştirok etadigan Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer Toşkentga yetib keldi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari yetakçiligidagi delegatsiyani “Toşkent-Humo” xalqaro aeroportida Sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi va mamlakat dzyudo federatsiyasi mutasaddilari kutib oldi.
Eslatib ötamiz, Toşkent tatamilarida keçadigan jahon birinçiligi bellaşuvlarida 82 mamlakatning 600 nafarga yaqin mahoratli sportçilari çempionlik yölidagi kuraşlarda iştirok etadi.
Çempionat bellaşuvlari 22-noyabrga qadar davom etadi.
Tölqin Röziyev, ÖzA