Sport taʼlimida yutuqlar qatorida yeçimini kutayotgan ustuvor vazifalar ham mavjud
Mamlakatimizda taʼlim tizimini tubdan isloh qiliş, xalqaro talablarga javob beradigan mutaxassislar tayyorlaş ustuvor vazifalardan biri etib belgilanganki, bugun uşbu masalalar muhokama markazida.
Yaqinda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari – taʼlim va ilm-fan vaziri Erkin Turdimov raisligida oliy taʼlim taşkilotlari rahbarlari iştirokida ötkazilgan yiğilişda 2026-yilda davlat oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan bitiruvçilarning 13,8 ming nafari haligaça rasmiy bandlikka ega emasligi tanqid qilinib, kamçiliklarni bartaraf etiş muddatlari belgilandi.
Oliygohlardagi öquv resurslari tahliliga köra, 29,7 mingta öquv adabiyotidan 5,5 mingtasi 20 yildan ortiq vaqt oldin çop etilgan va maʼnan eskirgani, talabalar turar joylaridagi şaroitlar, fuqarolar va talabalar murojaatlari bilan işlaş holati borasida tanqidiy fikrlar bildirilgan.

Kuni keça Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ötkazilgan yiğilişda taʼlim muassasasining professor-öqituvçilari, Sport vazirligi mutaxassislari, ilmiy kengaş aʼzolari iştirokida mazkur masalalar körib çiqildi.
Muhokamalar davomida fuqarolarning murojaatlarini barvaqt körib çiqiş, ularni sifatli va ijobiy hal etiş yuzasidan masʼul rahbarlarning şaxsiy javobgarligini oşiriş, mehnat intizomi, darsliklar holati, talabalar yotoqxonalaridagi şart-şaroitlar, dual taʼlim yönalişidagi holatlar tahlil qilindi.

Taʼkidlanganidek, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarni iş bilan taʼminlaş borasida Sport vazirligi, tegişli taşkilotlar, sport federatsiyalari bilan keng qamrovli işlar olib borilmoqda. Öquv adabiyotlarni yangilaş, ularni zamon talablariga muvofiqlaştiriş borasida sport taʼlimining tegişli yönalişlarida ilmiy guruhlar iş olib borayotgani aytib ötildi.
Universitet rektori R.Matkarimov yiğiliş yakunida universitetning 2027-yilga möljallangan maqsadli körsatkiçlarini işlab çiqiş, energiya samaradorligini oşiriş, talabalar örtasidagi huquqbuzarlik holatini tahlil qiliş, talabalar, professor-öqituvçilar hamda fuqarolar uçun şaxsiy qabullarni taşkil etiş, öquv adabiyotlarni xatlovdan ötkaziş borasida yeçimini kutayotgan bir qator masalalarga masʼullarning eʼtiborini qaratdi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA