Bayroq baland hilpiraganda Vatan şuhrati yuksaladi
Xalqaro sport maydonlarida Özbekiston bayroği baland kötarilganida uning ranglarida xalqimizning orzu-intilişlari, yoşlarimizning salohiyati va mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlar namoyon böladi. Buni para yengil atletikaçimiz Asila Mirzayorova hayoti va sportdagi muvaffaqiyatlari misolida ham yaqqol köriş mumkin.
18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun. 1991-yilning şu sanasida qabul qilingan davlatimiz ramzi ötgan yillar davomida dunyoning turli burçaklarida — xalqaro musobaqalar, qitʼa çempionatlari, Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida yuksaklarga kötarildi. Har gal bayroğimiz kötarilganda uning ortida qançadan-qança maşaqqatli mehnat, qatʼiyat va işonç mujassam ekanini his etamiz.
Ayniqsa, nogironligi bölgan insonlarning sportda erişayotgan yutuqlari alohida eʼtiborga loyiq. Zero, bu natijalar nafaqat sportçining irodasi va iqtidorini, balki ular uçun yaratilayotgan imkoniyatlar, Paralimpiya harakatiga qaratilayotgan eʼtibor va qöllab-quvvatlaş samarasini ham ifoda etadi.
Ana şunday sportçilardan biri — para yengil atletika böyiça Özbekiston terma jamoasi vakili Asila Mirzayorova. Uning hayot yöli va sportdagi yutuqlari inson irodasi, maqsadga sadoqat va öz imkoniyatiga işonç qanday yuksak marralarga yetaklaşini körsatadi.
Asila 2017-yildan xalqaro musobaqalarda iştirok eta boşladi. Öşa yili Özbekiston çempionatida ğolib çiqdi, ösmirlar örtasidagi Paraosiyo öyinlarida uzunlikka sakraş böyiça oltin medalga sazovor böldi. 2018-yilda Jakartada ötkazilgan yozgi Paraosiyo öyinlarida 4,47 metr natija bilan bronza medalni qölga kiritdi.
Keyingi yillar uning sportdagi ösişi va xalqaro maydonda toblanişi bilan keçdi. 2019-yilda Dubayda ötgan jahon çempionatida iştirok etgan sportçimiz 2021-yilda şu şaharda taşkil etilgan Gran-pri bosqiçida uzunlikka sakraş böyiça ğolib böldi. Şu yili Tokioda ötkazilgan XVI Paralimpiya öyinlarida 4,91 metr natija qayd etib, kumuş medalga sazovor böldi. 2023-yilda Parijda taşkil etilgan jahon çempionatida 5,13 metr natija bilan oltin medalni qölga kiritgan Asila Mirzayorova özining asosiy maqsadi — Paralimpiya öyinlari çempionligi sari yana bir muhim qadam taşladi.

2024-yilgi XVII yozgi Paralimpiya öyinlari Asila Mirzayorova faoliyatidagi eng yorqin sahifalardan biri böldi. Uzunlikka sakraşning T11 klassidagi finalda u dastlabki urinişidayoq 5,22 metr natija qayd etib, raqiblaridan ustunligini namoyon qildi. Beşinçi urinişda esa 5,24 metrga sakrab, öz natijasini yanada yaxşiladi va Paralimpiya çempioniga aylandi.
Eng muhimi, uşbu natija Paralimpiya öyinlari rekordi sifatida qayd etildi. Asila 1996-yilgi Atlanta Paralimpiya öyinlaridan buyon saqlanib kelgan 5,07 metrlik rekordni yangiladi. Parijdagi ğalaba nafaqat sportçining şaxsiy yutuği, balki Özbekiston bayroğini yana bir bor jahon sport maydonida baland kötargan tarixiy voqea böldi.
Mazkur muvaffaqiyat davlatimiz rahbari tomonidan ham munosib eʼtirof etildi. Asila Mirzayorova 2021-yilda «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi», 2024-yilda esa «Özbekiston iftixori» faxriy unvonlari bilan taqdirlandi.

Asila Mirzayorova uçun 2026-yil ham sermazmun va muvaffaqiyatlarga boy böldi. Çexiyaning Olomus şahrida para yengil atletika böyiça ayollar örtasidagi xalqaro Gran-pri turnirida T11 klassi böyiça uzunlikka sakraşda oltin medalga ega çiqdi.
Yaponiyaning Aiçi va Nagoya şaharlarida ötkazilgan V yozgi Paraosiyo öyinlarida u uçta medalga sazovor böldi.
Dastlab, 100 metrga yugurişning T11 klassida 12,73 soniya natija qayd etib, bronza medalni qölga kiritdi. Keyin 200 metrga yuguriş finalida yölboşlovçi yuguruvçi Sardor Baxtiyorov hamrohligida 25,86 soniya natija bilan marraga yetib kelib, kumuş medal sohibi böldi.
Sportçining asosiy yönalişi — uzunlikka sakraşda esa yana bir bor öz sözini aytdi. T11 klassidagi finalda 5,04 metr natija qayd etib, oltin medalni qölga kiritdi. Bu körsatkiç Paraosiyo öyinlari rekordi sifatida qayd etildi. Şu tariqa, Asila Aiçi–Nagoyadagi musobaqani bir oltin, bir kumuş va bir bronza medali bilan yakunladi.
Uning 2026-yildagi harakati faqat sport maydonidagi natijalar bilan çeklanmadi. Aiçi–Nagoya Paraosiyo öyinlari doirasida ötkazilgan saylovda Asila Mirzayorova 2026–2030-yillar uçun Osiyo Paralimpiya qömitasi Sportçilar qömitasi aʼzoligiga saylandi. Mazkur qömita Osiyo qitʼasidagi parasportçilar manfaatlarini ifoda etiş, ularning fikr va takliflarini xalqaro darajada ilgari suriş hamda Paralimpiya harakatini rivojlantirişga xizmat qiladi. Bu esa özbekistonlik sportçining xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganidan dalolat.

— Har bir sportçi uçun xalqaro musobaqalarda Vatan bayroğini baland kötarişdan ortiq baxt yöq. Ayniqsa, ğalabangiz şarafiga davlatimiz madhiyasi yangrab, bayroğimiz baland kötarilganini his qilganingizda, barça mehnat va maşaqqatlaringiz öz samarasini berganini anglaysiz. Bunday lahzalarda qalbingiz iftixorga töladi. Jahon va qitʼa çempionatlari, Paralimpiya hamda Paraosiyo öyinlarida erişgan natijalarim menga yanada katta masʼuliyat yukladi. Bugun yurtimizda biz, parasportçilar uçun yaratilayotgan imkoniyatlardan minnatdorman. Bundan keyin ham bildirilgan işonçni oqlab, Özbekiston bayroğini jahon arenalarida baland kötariş uçun bor kuçimni sarflayman, — deydi Asila Mirzayorova.
Asila Mirzayorova bosib ötgan yölga nazar taşlar ekanmiz, bir haqiqat ayon böladi: yuksak natijalar tasodifan qölga kiritilmaydi. Ularning zamirida sportçining yillar davomidagi maşğulotlari, murabbiylar mehnati, oila va jamiyat kömagi, eng muhimi, insonga öz salohiyatini namoyon etişi uçun yaratilayotgan şaroitlar mujassam.

18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği kunida Asila Mirzayorova kabi sportçilar haqida söz yuritişimiz bejiz emas. Çunki bayroqning qadri uning baland kötarilgan lahzalaridagina emas, balki şu yuksaklikka olib çiqqan insonlar mehnatida ham namoyon böladi. Har bir ğalaba, har bir rekord, har bir xalqaro eʼtirof bayroğimizga bölgan hurmat va milliy ğururimizni yanada mustahkamlaydi.
Zero, bayroğimiz baland hilpiragan har bir manzilda Vatan nomi, xalqimizning orzu-intilişlari va yoşlarimizga bildirilgan işonç mujassam.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA