Futzal Olimpiya öyinlari dasturiga kiritiladimi?
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) futzal va sohil futboli sport turlarini yozgi Olimpiya öyinlari dasturiga kiritiş taşabbusi bilan çiqişga hozirlik körmoqda.
Braziliyaning GLOBO ESPORTE naşri maʼlumotiga köra, FIFA futzalni 2032-yil Avstraliyaning Brisben şahrida ötkaziladigan yozgi Olimpiya öyinlari dasturiga kiritiş böyiça Xalqaro olimpiya qömitasiga (XOQ) rasmiy murojaat bilan çiqiş böyiça dastur tayyorlamoqda.
FIFAning 2027-yilgaça möljallangan strategik rejalarida futzal va sohil futbolini Olimpiya öyinlarida alohida futbol yönalişlari sifatida taqdim etiş masalasi örin olgan.
Maʼlumotlarga köra, joriy yil dekabr oyida Xalqaro olimpiya qömitasi Ijroiya qömitasi taklif etilgan sport turlaridan qaysilari keyingi saralaş bosqiçiga ötişini belgilaşi kutilmoqdaki, ular qatorida futzal sport turi ham mavjud.
Agar taşabbus qöllab-quvvatlansa, futzal va sohil futboli ilk bor Olimpiya öyinlari sahnasiga çiqişi ortidan dunyoning eng kuçli futzal terma jamoalari Olimpiada medallari uçun kuraş olib boradi.
Eslatib ötamiz, 2032-yilgi yozgi Olimpiya öyinlari dasturiga qaysi sport turlari kiritilişi böyiça yakuniy qaror kelgusi yilning 29-aprel – 1-may kunlari Dominikan Respublikasida ötkaziladigan Xalqaro olimpiya qömitasining 147-sessiyasida qabul qilinadi.
Tölqin Röziyev, ÖzA