Vazir o‘rinbosari farg‘onalik IT-hamshiralar bilan uchrashdi
FOTOREPORTAJ
Farg‘onada sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Olim Omonovning axborot tizimlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan hamshiralar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Samimiy muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish, buning hamshiralar ish jarayonidagi ahamiyati va yaratilayotgan imkoniyatlar xususida fikr almashildi.
Uchrashuv davomida bir guruh hamshiralar bilan ochiq suhbat o‘tkazilib, ularning ish faoliyati, tajribasi va sohadagi o‘zgarishlar haqidagi fikrlari tinglandi.
Quvasoy shahar poliklinikasi xodimi Sayyora Yoqubovaning ta’kidlashicha, raqamli tizimlar bemorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini ancha yengillashtirgan. Xususan, yo‘llanmalarni rasmiylashtirish va zarur ishlarni bajarish uchun sarflanadigan vaqt qisqargan.
[gallery-30961]
Rapqonlik 11-oilaviy poliklinika hamshirasi Zarina Vohidova ham mazkur yo‘nalishdagi faoliyat yangi imkoniyatlar yaratayotganini qayd etdi.
Muloqotda Buvayda, Quva, Beshariq tumanlari hamda Farg‘ona shahrida faoliyat yuritayotgan hamshiralar ham ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv yakunida faolligi va samarali mehnati bilan ajralib turgan hamshiralar rag‘batlantirildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA