Vatan mehri bayroqdan boşlanadi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, çorvaçilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi Qonuni qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri taşkil etildi.
Tadbir avvalida Özbekiston Respublikasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi davlat madhiyalari yangradi.

Tadbirda filial direktori, professor A.Yesimbetov, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasi inspektori B.Utebayev va boşqalar sözga çiqib, davlat ramzlariga hurmat mustaqillik qadri, milliy özlik va Vatanga sadoqat bilan çambarças boğliqligini taʼkidlaşdi. 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida”gi Qonunning tarixiy ahamiyati, davlat ramzlarining xalq hayotidagi örni va ularni asrab-avaylaş masʼuliyati haqida fikr yuritildi.

Bugun Özbekiston bayroği xalqaro maydonlarda, nufuzli anjumanlarda, sport musobaqalarida mağrur hilpiraydi. Uning har bir yuksalişi ortida mamlakatimizning şaʼni, xalqimizning mehnati va yoşlarimizning yutuqlari turibdi. Bayroğimizning dunyo sahnalarida namoyon bölişi har bir yurtdoşimiz qalbida faxr va iftixor tuyğularini uyğotadi.

Tadbirda davlat bayroğidagi ranglar va belgilar mazmuniga ham alohida eʼtibor qaratildi. Undagi moviy, oq va yaşil ranglar, qizil çiziqlar, yarim oy va yulduzlar xalqimizning tarixiy qaraşlari, ezgu niyatlari hamda tinç va farovon hayotga intilişlarini aks ettiradi. Ayniqsa, yoşlar uçun davlat ramzlarini bilişning özi kifoya emas. Ularning mazmunini çuqur anglaş, hurmat qiliş va bu ehtiromni kundalik hayotda namoyon etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Vatanga muhabbat balandparvoz sözlarda emas, balki halol mehnat, puxta bilim, yuksak masʼuliyat hamda yurt ravnaqi yölida amalga oşirilayotgan ezgu işlarda közga taşlanadi. Bugun bayroğimiz ostida ulğayayotgan yoşlar ertangi kunimizning bunyodkorlaridir. Ularning qalbida Vatanga muhabbat, milliy ğurur va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğularini mustahkamlaş esa barçamizning umumiy vazifamizdir.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri