Sayxunobodda yaşil hududlar kölami kengaymoqda
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida joriy kuzgi mavsumda 1 million 164 ming 900 dona daraxt va buta köçatlari ekiş rejalaştirilgan. 18 ta mahallani qamrab oladigan mazkur tadbirlar qişloq xöjaligi yerlari, aholi xonadonlari, avtomobil va temir yöllar böylari, ijtimoiy soha obʼektlari hamda sanoat korxonalari hududlarini kökalamzorlaştirişni nazarda tutadi. Asosiy maqsad — yaşil maydonlarni kengaytiriş, ekologik barqarorlikni mustahkamlaş va aholi uçun qulay atrof-muhit yaratiş.
— Bugun ekilgan bir nihol ertaga bir xonadonga soya, bir mahallaga körk, butun hududga esa ekologik barqarorlik bağişlaşi mumkin. Ammo buning uçun köçat ekişning özi kifoya emas — uni asrab-avaylaş, parvarişlaş va voyaga yetkaziş ham zarur. Ayni paytda iqlim özgarişi, havo haroratining kötarilişi va suv resurslari taqçilligi tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgan bir şaroitda yaşil hududlarni kengaytiriş hayotiy zaruratga aylanmoqda, — dedi tuman hokimi Komiljon Mullajonov.
Köçat ekiş rejasi hududlar va yönalişlar kesimida şakllantirilgan. Jumladan, 446 ming dona köçat fermer xöjaliklari va paxtaçilik-ğallaçilik klasterlari dalalari çetlarida ixota daraxtzorlari barpo etişga yönaltiriladi. Aholi tomorqalari va mahallalar atrofiga 201,9 ming, avtomobil va temir yöllar böylariga 89 ming, yangi tutzorlar barpo etişga 85 ming, obodonlaştiriş boşqarmalari hududlariga 82 ming dona köçat ekiş belgilangan.
Şuningdek, boğ va tokzorlar barpo etiş uçun 80 ming, vazirlik, idoralar, xöjalik birlaşmalari va korxonalar hududlariga 55,5 ming, sanoat korxonalari atrofida «yaşil belboğ»lar yaratişga 45 ming, daryolar, kanallar, ariqlar va zovurlar böylariga 36 ming dona köçat ajratilgan.
Qolgan köçatlar ham aniq yönalişlar böyiça taqsimlangan. Jumladan, tijorat banklari hududlariga 12,5 ming, soğliqni saqlaş obʼektlari va ularga tutaş hududlarga 11 ming, maktabgaça va maktab taʼlimi muassasalariga 9 ming, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar muassasalariga 5 ming, çiqindi poligonlari atrofida ihota daraxtzorlari barpo etişga 4 ming, örmon fondi yerlarida örmonlar yaratişga 3 ming dona köçat ekiş rejalaştirilgan. Barça yönalişlar böyiça köçatlar soni jami 1 million 164 ming 900 donani taşkil etadi.
Mazkur taqsimotdan körinib turibdiki, kökalamzorlaştiriş işlarida nafaqat aholi yaşaş manzillari, balki qişloq xöjaligi maydonlari, işlab çiqariş hududlari va infratuzilma obʼektlariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Bu esa daraxtzorlarning ekologik vazifasi bilan birga, hududlarning obodonlaşuviga ham xizmat qiladi.
Sayxunobod tumanida kökalamzorlaştiriş tadbirlari mahallalarni rivojlantiriş, yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş hamda aholi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş jarayonlari bilan uyğun holda olib borilmoqda.
2024-yil mart oyida davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyatiga taşrifi davomida Sayxunobod tumanidagi Ittifoq mahallasida aholi xonadonlari va tomorqa yerlaridan foydalaniş holati bilan tanişilgan edi. Taşrif çoğida «Sayxunobod tajribasi» asosida nafaqat viloyatda, balki respublika böylab iş taşkil etiş, aholi tomorqalaridan unumli foydalaniş, dehqonlarni qöllab-quvvatlaş, mahsulot yetiştiriş va eksport imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça vazifalar belgilandi.
Şundan söng tumanda tomorqaçilik va uy xöjaliklarini rivojlantiriş işlari yangi bosqiçga kötarildi. Mavjud 3 ming 400 gektar aholi tomorqasidan samarali foydalaniş, bozor talabiga mos mahsulotlar yetiştiriş va ularni sotiş imkoniyatlarini kengaytiriş orqali xonadonlarning daromad manbalarini köpaytirişga eʼtibor qaratildi.
[gallery-32582]
«Sayxunobod tajribasi»ning asosiy mazmuni ham mavjud imkoniyatlarni aniqlaş, ulardan samarali foydalaniş va natijani aholi turmuşida namoyon etişdan iborat. Bugun uşbu yondaşuvning «Yaşil makon» umummilliy loyihasi bilan uyğunlaşib borayotgani hududni kompleks rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Iqlim özgarişi, yozgi haroratning kötarilişi, tuproq şörlanişi va suv resurslarining çeklangani Sirdaryo viloyatida ekologik barqarorlikni taʼminlaş masalasini dolzarb qilib qöymoqda. Daraxtzorlar havodagi çang miqdorini kamaytiriş, karbonat angidridni özlaştiriş, tuproqni şamol eroziyasidan himoya qiliş va soya-salqin muhitini şakllantirişda muhim örin tutadi. Ayniqsa, qişloq xöjaligi maydonlari atrofida barpo etiladigan ixota daraxtzorlari ekinlarni şamol taʼsiridan muhofaza qilişga xizmat qiladi. Şu bois «Yaşil makon» doirasida köçat ekiş bilan bir qatorda, ularni hududning tabiiy-iqlim şaroitiga mos tanlaş, suğoriş imkoniyatlarini hisobga oliş va muntazam parvarişlaş masalalariga ham eʼtibor qaratilmoqda.
Hududlarni obodonlaştirişda ilğor tajribalarni örganiş va amaliyotga tatbiq etiş ham muhim yönalişlardan biri hisoblanadi. Şu maʼnoda, Qaşqadaryo viloyatining Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida aholi bandligini taʼminlaş, daromad manbalarini kengaytiriş va hududni obod qiliş borasida yölga qöyilgan işlar sirdaryoliklar tomonidan ham örganilmoqda.
Tuman hokimi Komiljon Mullajonovning taʼkidlaşiça, yaqinda Çim mahallasida bölib, u yerdagi bunyodkorlik işlari, aholi bilan hamjihatlikda amalga oşirilayotgan taşabbuslar va bandlikni taʼminlaş tajribasi bilan tanişiş Sirdaryodan borgan rahbarlarda katta taassurot qoldirgan.
— Çim mahallasidagi hamjihatlik va amaliy işlar nafaqat menda, balki Sirdaryodan borgan rahbarlarda ham katta taassurot qoldirdi. Eng asosiysi, bu tajriba biz uçun katta maktab vazifasini ötadi. «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş va hududlarni obodonlaştirişda ham Çim tajribasi qöl kelmoqda. «Sayxunobod» va «Çim» tajribalarini uyğunlaştirgan holda mahallalarimizni, ayniqsa, Baxmalsoyni namunaviy hududga aylantiriş işlarini boşlaganmiz, — dedi Komiljon Mullajonov.
Baxmalsoy mahallasida belgilangan rejalar obodonlaştiriş bilan bir qatorda, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş va aholi uçun qulay şaroit yaratişni ham qamrab oladi. Xususan, yangi mahalla binosi, xizmat körsatiş şoxobçasi, hammom va sport majmuasi barpo etiş, sobiq madaniyat saroyini bolalar va yoşlar uçun zamonaviy maskan sifatida qayta tiklaş közda tutilgan. Şuningdek, «Politex Sirdaryo» MÇJ tomonidan töqimaçilik korxonasini taşkil etiş loyihasi amalga oşirilmoqda. Uni 2027-yil 1-yanvarga qadar işga tuşiriş rejalaştirilgan. Mazkur loyiha, ayniqsa, xotin-qizlar va işsiz aholi bandligini taʼminlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.
A-373 xalqaro avtomobil yöli böyida xizmat körsatiş sohasini rivojlantiriş, mahallaning kiriş va çiqiş qismlarida uzum sörilari barpo etiş, maktabni rekonstruksiya qiliş, köçalarni taʼmirlaş, zamonaviy yoritiş tizimlari va videokuzatuv kameralarini örnatiş ham rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, xitoylik investor bilan 1,5 million boş parrandaga möljallangan parrandaçilik majmuasini taşkil etiş böyiça muzokaralar olib borilmoqda. Loyiha amalga oşirilgan taqdirda, xonadonlarda broyler parranda va tuxum yetiştirişni kooperatsiya asosida yölga qöyiş imkoniyati yaratiladi. Bu esa aholi daromadlarini oşiriş va yangi iş örinlari yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda.
«Yaşil makon» umummilliy loyihasining samaradorligi faqat ekilayotgan köçatlar soni bilan emas, balki ularning saqlanib qolişi va voyaga yetişi bilan ham belgilanadi. Şu sababli köçatlarni agrotexnik talablar asosida ekiş, öz vaqtida suğoriş, parvarişlaş va nobud bölişining oldini oliş muhim vazifalardan hisoblanadi.
Bu borada davlatimiz rahbarining 2026-yil 23-sentabrdagi «Yaşil makon» umummilliy loyihasini amalga oşirişda mahallalar rolini kuçaytiriş va hududlarning yaşillik darajasini tubdan oşirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida belgilangan vazifalar muhim ahamiyatga ega. Xususan, mahallalarda «3–30–300» xalqaro standartini joriy etiş, yaşil hududlarni köpaytiriş, mavjud daraxtlarni muhofaza qiliş, tejamkor suğoriş vositalarini kengaytiriş va har bir mahallaga örmonçi-murabbiy biriktiriş kabi çora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Mazkur yondaşuv kökalamzorlaştiriş işlarini faqat miqdor jihatidan emas, balki ekologik natija, köçatlarning yaşovçanligi va uzoq muddatli samaradorligi nuqtai nazaridan taşkil etişni taqozo qiladi. Tumanda «Yaşil makon» doirasida ötkazilayotgan umumxalq haşarlarida aholi, davlat va nodavlat taşkilotlari xodimlarining faol iştiroki ham bu jarayonda jamoatçilik masʼuliyati muhim örin tutayotganini körsatadi.
Umuman, Sayxunobodda amalga oşirilayotgan işlar bir-biri bilan uzviy boğliq uç yönalişni qamrab olgan. «Sayxunobod tajribasi» orqali yerdan unumli foydalaniş va aholi daromadini oşiriş, «Çim tajribasi» asosida mahallalarda hamjihatlik va bunyodkorlikni rivojlantiriş, «Yaşil makon» loyihasi orqali esa ekologik barqarorlikni taʼminlaşga eʼtibor qaratilmoqda.
Tumanda ekiladigan 1 million 164 ming 900 dona köçat, Baxmalsoy mahallasida rejalaştirilgan infratuzilma loyihalari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanişga qaratilgan işlar hududni kompleks rivojlantirişga xizmat qiladi. Bu jarayonlarda kökalamzorlaştiriş, aholi bandligi va turmuş şaroitini yaxşilaş masalalarining uyğun olib borilayotgani muhim ahamiyatga ega.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (suratlar) ÖzA muxbirlari