Ğijduvonda “Prokuror boği” barpo etilmoqda
“Yaşil makon” — bu şunçaki köçat ekiş emas, balki tabiatga munosabatni özgartiriş, kelajak avlod uçun soğlom va obod muhit yaratişga qaratilgan ezgu taşabbusdir. Davlat rahbari taşabbusi bilan ilgari surilgan uşbu umummilliy loyiha bugun yurtimizning har bir hududida keng quloç yozib, mahalla va qişloqlarni yanada körkam maskanlarga aylantiriş, ekologik barqarorlikni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Buxoro viloyati Ğijduvon tumanida ham uşbu yönalişdagi işlar izçil davom ettirilmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi prokuratura organlari taşkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan “Prokuraturaning 35 yilligiga — 35 ming tup daraxt” şiori ostida ekologik aksiya taşkil etildi.
Tuman prokuraturasi taşabbusi bilan Majburiy ijro byurosi tuman bölimi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti, Ekologiya va örmon xöjaligi masʼullari hamkorligida “Zarangari” mahalla fuqarolar yiğinidagi 10-sonli umumtaʼlim maktabi hududida “Prokuror boği” ni barpo etiş işlari boşlandi.
Yangi boğ uçun ajratilgan yer maydonida dastlab zarur agrotexnik tadbirlar amalga oşirildi. Tuproq mahalliy öğit bilan boyitilib, suğoriş va yerni tekislaş işlaridan söng köçat ekişga kirişildi. Natijada bu yerda 675 tup manzarali va 675 tup mevali, jami 1 ming 350 tup daraxt köçati ekiş belgilandi.
Eʼtiborlisi, uşbu xayrli tadbir idora va taşkilotlar vakillarigina emas, balki mahalla faollari hamda yoşlarni ham bir ezgu maqsad atrofida birlaştirdi. Umumxalq haşari ruhida ötgan aksiyada iştirokçilar köçat ekiş orqali hudud obodligiga öz hissasini qöşdilar.

Taʼkidlaş joizki, Ğijduvon tumanida joriy yil kuzgi mavsumida daraxt va buta köçatlari ekiş kölamini ötgan davrga nisbatan ikki barobar oşiriş rejalaştirilgan. Buning doirasida jami 1 million 984 ming tup köçat ekiş çoralari körilmoqda. Bu raqamlar hududda kökalamzorlaştiriş işlari bir martalik tadbir emas, balki izçil va keng qamrovli ekologik siyosatning muhim yönalişiga aylanayotganini körsatadi.
Zero, daraxt ekiş — işning boşlanişi, uni parvarişlaş esa haqiqiy masʼuliyatdir. Ekilgan har bir niholning unib ketişi va kelgusida soya-salqinlik beruvçi daraxtga aylanişi uçun muntazam suğoriş, agrotexnik parvariş hamda jamoatçilik nazorati muhim ahamiyat kasb etadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri