Davlat bayroği — milliy ğurur va iftixor timsoli
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Boyovut tumanida tantanali bayram tadbiri taşkil etildi. Tuman hokimligi hamda tegişli taşkilotlar hamkorligida «Yurt bayroği» maydonida ötkazilgan tadbirda tuman hokimi Niyoz Hazratqulov, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, harbiy xizmatçilar, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari, madaniyat va sanʼat namoyandalari, sportçilar, faol yoşlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatçilik iştirok etdi.
Tantanada tuman hokimi Niyoz Hazratqulov sözga çiqib, yiğilganlarni uşbu qutluğ sana bilan muborakbod etdi. Davlat bayroği mustaqilligimiz, milliy özligimiz, xalqimizning orzu-intilişlari va birdamligini özida mujassam etgan muqaddas ramz ekanini taʼkidladi. Şuningdek, bayroğimiz xalqaro maydonda mamlakatimiz şaʼni va nufuzini namoyon etişi bilan birga, har bir yurtdoşimiz qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va faxr tuyğularini mustahkamlaşini qayd etdi.

Darhaqiqat, 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği mamlakatimiz mustaqil davlatçiligining muhim ramzlaridan biridir. Unda xalqimizning boy tarixi, ezgu qadriyatlari, tinçlik va farovonlikka intilişi mujassam. Bayroğimizning yuksaklarda hilpiraşi har bir fuqaro uçun Vatan taqdiriga daxldorlik va milliy iftixor tuyğusini anglatadi.


Bayram tadbiriga özgaça şukuh bağişlagan voqealardan biri tuman markaziy köçalari böylab taşkil etilgan tantanali yuriş böldi. Unda Davlat bayroğini baland kötargan harbiy xizmatçilar, faol yoşlar, içki işlar organlari va Milliy gvardiyaning otliq bölinmalari vakillari, şuningdek, maxsus texnika vositalari iştirok etdi.


Maydon va köçalar uzra mağrur hilpiragan milliy bayroğimiz, tantanali saf yurişi va bayramona muhit iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri