“Mehrli xonadon” oilalarga quvonç ulaşmoqda
Navoiy viloyati “Nurli yöl” ayollar va yoşlar markazi tomonidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat foni tomonidan moliyalaştirilgan “Mehrli xonadon” loyihasi amalga oşirilmoqda.
Loyiha doirasida Zarafşon şahridagi Alişer Navoiy, Konçilar va Geolog mahallalarida istiqomat qiluvçi tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning ijtimoiy-maişiy şaroiti, oilaviy muammolari va mavjud ehtiyojlari çuqur örganildi.
Örganişlar natijasida uy-joy şaroiti oğir, taʼmirlaşga muhtoj bölgan 3 nafar ayolning xonadoni manzilli yordam körsatiş uçun tanlab olindi.

Ayni vaqtda mazkur xonadonlarda keng kölamli taʼmirlaş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilib, uylar töliq yangilanmoqda.
– Xonadonlarning tomi, devorlari, pol qismi, eşik va derazalari taʼmirlanib, zarur joylarda yangilariga almaştirilmoqda. Elektr va sanitariya şaroitlari yaxşilanmoqda, – deydi markaz rahbari Matluba Hamroyeva. – Eng muhimi, uylarni şunçaki taʼmirlaş bilan çeklanib qolmasdan, ularga yaşaş uçun zarur bölgan qulaylik va şinamlik ham olib kirilmoqda. Xonadonlarga yangi eşik-derazalar örnatilib, pardalar, gilamlar hamda zarur uy-rözğor buyumlari bilan jihozlanmoqda. Har bir detal, har bir jihoz ayollar va ularning farzandlari uçun ozoda, şinam, xavfsiz va munosib yaşaş muhitini yaratiş maqsadida tanlanmoqda.

Loyiha doirasida ayollarga huquqiy va psixologik maslahatlar beriş, ularning ijtimoiy moslaşuvini qöllab-quvvatlaş ham közda tutilgan.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri