Uyni hadya qilişda kimlarning roziligi kerak?
Huquqiy munosabatUy-joy bilan boğliq bitimlar hamişa aholi örtasida köplab savollar va tuşunmovçiliklarni keltirib çiqaradi. Ayniqsa, mulkni yaqin insonlardan biriga hadya qiliş istagi tuğilganda, eng birinçi duç kelinadigan tösiqlardan biri — uyda röyxatda, yaʼni «propiska»da turgan boşqa oila aʼzolarining taqdiri va ularning bu jarayondagi örni masalasidir.
Xususan, köpçilik uyda şunçaki yaşaş va röyxatda turiş huquqini mulkka egalik qiliş huquqi bilan aralaştirib yuboradi. Bu esa oilalarda turli kelişmovçiliklar, hadya jarayonining keçikişi yoki asossiz xavotirlarga sabab böladi.
Toşkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev bu borada quyidagilarni maʼlum qildi:
– Özbekiston Respublikasi Fuqarolik qonunçiligiga köra mol-mulk daxlsizdir. Jumladan, Fuqarolik kodeksining 164-moddasiga muvofiq, mulkdor öz mol-mulkini qonun doirasida tasarruf etiş huquqiga ega. Ammo Uy-joy kodeksining 32-moddasiga köra, xususiylaştirilgan kvartirani yoki uyni sotiş, ayirboşlaş, hadya qiliş yoki ijaraga, arendaga beriş kvartira yoki uy mulkdorining, voyaga yetgan oila aʼzolarining va kvartirani yoki uyni xususiylaştiriş uçun rozilik bergan şaxslarning roziligi bilan amalga oşiriladi.
Yaʼni, uy-joy yoki kvartira xususiylaştirilgan bölsa, uni tasarruf etişda oila aʼzolarining va xususiylaştirişga rozilik bergan şaxslarning ham roziligi inobatga olinadi.
Umumiy birgalikdagi mulkni hadya qilişda rozilik masalasiga köra, Fuqarolik kodeksining 225-moddasiga köra umumiy birgalikdagi mulkni hadya qilişda umumiy birgalikdagi mulkning barça iştirokçilari roziligi bilan yöl qöyiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA