Prezident qarori – Qoraqalpoğiston taraqqiyotining yangi bosqiçi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-noyabrdagi “Qoraqalpoğiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarni yanada jadallaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori hududning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyatini yangi bosqiçga olib çiqiş, aholi turmuş farovonligini oşiriş hamda keng imkoniyatlarni röyobga çiqarişga qaratilgan muhim hujjatdir.
Qarorda 2027-yilda yalpi hududiy mahsulot hajmini 108 foizga, sanoat işlab çiqarişini 107 foizga, xizmatlar hajmini 117 foizga oşiriş, eksportni 550 million AQŞ dollariga, investitsiyalarni esa 5 milliard dollarga yetkaziş kabi ulkan maqsadlar belgilangan. Bu vazifalar hudud iqtisodiyotini rivojlantiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş va tadbirkorlik uçun yanada keng imkoniyatlar yaratişga xizmat qiladi.
Ayniqsa, daromadi past bölgan 125 mingta oiladagi 513 ming nafar aholini yuqori daromadli iş örinlariga joylaştiriş, 20 ming nafar yoşni IT va logistika yönalişlarida öqitiş vazifalari alohida ahamiyatga ega. Zero, islohotlarning eng muhim natijasi insonlarning munosib iş va barqaror daromadga ega bölişi, yoşlarning kelajakka işonçi mustahkamlanişidir.
Şuningdek, Nukus şahrida 270 gektar maydonda 50 ming aholiga möljallangan “Nukus City” majmuasini barpo etiş, 17 ming gektar yer maydonini qişloq xöjaligi muomalasiga kiritiş hamda Orolböyida 50 ming gektar maydonda örmonzorlar yaratiş böyiça belgilangan vazifalar hududning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik rivojlanişida muhim örin tutadi.
Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari ham inson manfaatlarini himoya qiliş, ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlarni taʼminlaş bilan çambarças boğliq. Şu bois partiyamizning hududiy taşkilotlari, mahalliy Kengaşlardagi deputatlar va boşlanğiç partiya taşkilotlari qarorda belgilangan vazifalar ijrosini jamoatçilik nazorati asosida örganiş, aholi murojaatlarini tahlil qiliş va mavjud muammolar yeçimiga kömaklaşişda faol iştirok etadi.
Işonçim komilki, mazkur qarorda belgilangan vazifalarning izçil amalga oşirilişi Qoraqalpoğistonning iqtisodiy salohiyatini yuksaltiriş, yangi iş örinlari yaratiş, aholi daromadlarini oşiriş va xalqimiz farovonligini taʼminlaşga munosib hissa qöşadi. Zero, har qanday islohotning haqiqiy samarasi, avvalo, insonlar hayotida va ularning kundalik turmuşida namoyon bölişi kerak.
Nurlibay Qaypbergenov,
Özbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi raisi.
ÖzA