Uyçida yonğoqni qayta işlaş va eksport qiliş hajmi ortmoqda
Namangan viloyati Uyçi tumanining Islomobod mahallasidagi «UYCHI NUTS» masʼuliyati çeklangan jamiyati yonğoqni qayta işlaş va eksport qiliş bilan şuğullanmoqda. Korxonada 31 nafar fuqaro doimiy iş bilan taʼminlangan.
Joriy yilda korxona tomonidan Turkiya va Ruminiyaga qariyb 7 million AQŞ dollarilik mahsulot eksport qilingan. Yil yakuniga qadar bu körsatkiçni 10 million dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Işlab çiqariş jarayoniga zamonaviy texnologiyalar joriy etilgan. Xususan, Xitoyda işlab çiqarilgan quruq meva va yonğoqlarni saralaş uskunalari örnatilgan. Korxona oyiga 450–500 tonna mahsulotni qayta işlaş quvvatiga ega. Bu yerda ikki nafar xitoylik mutaxassis ham faoliyat yuritmoqda.
Aholi xonadonlari bilan ham hamkorlik yölga qöyilgan. Xitoydan keltirilgan yonğoqlarni çaqiş va mağzini ajratiş işlariga mahalliy aholi jalb etilmoqda. Bu, ayniqsa, xotin-qizlarga uy şaroitida mehnat qilib, qöşimça daromad topiş imkonini bermoqda. Yonğoq pöçoğidan esa muqobil yoqilği sifatida foydalanilmoqda.
Jamiyat Turkiyaning «GOLDENNUTS GIDA ITHALAT IHRACAT SANAYI VE TICARET LIMITED SIRKETI» korxonasi bilan qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş va tozalaş böyiça şartnoma imzolagan. Hamkorlik doirasida yonğoqlar çaqilib, mağzi navlarga ajratiladi, saralanadi va qadoqlangan holda Turkiya bozoriga yetkazib beriladi.
[gallery-32571]
Korxona faoliyatini kengaytiriş orqali yangi iş örinlari yaratiş, xonadonlar daromadini oşiriş hamda tumanning eksport salohiyatini yuksaltirişga eʼtibor qaratilmoqda.
Hotam MAMADALIYEV (surat), ÖzA