Bank qarzdorligi uçun yuk avtomobili xatlovga olindi
Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boşqarmasi tomonidan banklar foydasiga undirilişi lozim bölgan qarzdorliklarni qonuniy tartibda undiriş hamda sud hujjatlari ijrosini taʼminlaş borasida ijro harakatlari olib borilmoqda.
Xususan, Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boşqarmasi iş yurituviga qarzdorlikni undiriş töğrisidagi ijro hujjati kelib tuşgan. Unga köra, qarzdor X.X.ning AT «Aloqabank» oldidagi kredit qarzdorligini öz vaqtida qaytarmagani maʼlum bölgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor nomida bank oldidagi majburiyatlar taʼminoti sifatida garovga qöyilgan "HOWO” rusumli yuk avtomobili mavjudligi aniqlangan.
Bank oldidagi qarzdorlikni qoplaş va garov mulki hisobidan undiruvni taʼminlaş maqsadida mazkur avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlovga olinib, vaqtinça saqlaş uçun jarima maydonçasiga joylaştiriladi.
Agar qarzdorlik belgilangan tartibda bartaraf etilmasa, garovga qöyilgan mol-mulkka nisbatan amaldagi qonunçilikda nazarda tutilgan keyingi ijro çoralari köriladi.
Hamroz Bayonov, ÖzA