Rahbar ayollar: Yevropa tajribasi va zamonaviy boşqaruv könikmalari
Rahbar ayollar zaxirasidagi salohiyatli nomzodlar uçun Niderlandiya va Belgiyada xalqaro stajirovka taşkil etildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi, Prezident Administratsiyasining Davlat xizmatida inson kapitalini rivojlantiriş loyihasi ofisi, Yevropa davlat boşqaruvi instituti (EIPA) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda taşkil etilgan öquv rahbar ayollarning yetakçilik salohiyatini yuksaltiriş, samarali muzokara olib boriş va strategik qaror qabul qiliş könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan.
Dasturga muvofiq, maşğulotlar Maastrixt şahridagi EIPA Boşqaruvçilar kengaşi raisi Sesiliya Vikstryom bilan muloqotdan boşlandi. Unda davlat boşqaruvida ayollar yetakçiligining ahamiyati, ularning kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş va xalqaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
EIPA katta eksperti Frank Lavadu rahbarligidagi ikki kunlik amaliy treningda iştirokçilar muzokara strategiyasini işlab çiqiş, manfaatdor tomonlar bilan samarali muloqot örnatiş, işonçni mustahkamlaş va özaro maqbul kelişuvlarga erişiş usullarini örgandi. Simulyatsion maşqlar orqali uşbu könikmalarni amalda sinab köriş imkoniyati yaratildi.

GIZ’ning Şarqiy hamkorlik mamlakatlarida davlat boşqaruvini isloh qiliş böyiça mintaqaviy loyihasi rahbari Eter Çaçanidze iştirokida “Norasmiy taʼlim va ayollarning imkoniyatlarini kengaytiriş” mavzusida ötkazilgan interaktiv treningda ayollarning kasbiy ösişiga taʼsir qiluvçi tösiqlar, mentorlik, özaro örganiş va professional aloqalarni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Iştirokçilar öz taşkilotlarida amalga oşirişi mumkin bölgan amaliy taşabbuslarni işlab çiqdi.
Stajirovkaning Bryussel bosqiçida Yevropa komissiyasi, Yevropa parlamenti hamda Belgiyaning Federal siyosat va qöllab-quvvatlaş xizmati (BOSA) vakillari bilan uçraşuvlar nazarda tutilgan. Muloqotlarda gender tenglik, ayollarning rahbarlikdagi iştiroki, davlat xizmatida kasbiy rivojlaniş va zamonaviy boşqaruv yondaşuvlari böyiça tajriba almaşiladi.
Mazkur stajirovka davomida özlaştirilayotgan bilim va amaliy vositalar rahbar ayollarning boşqaruv kompetensiyalarini mustahkamlaş, Özbekiston va Yevropa mamlakatlari örtasida kasbiy hamkorlik doirasini yanada kengaytiriş hamda ilğor tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etişga xizmat qiladi.
N.Abduraimova, ÖzA