Ustuvor vazifalar belgilab olindi
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining navbatdagi kongressiga tayyorgarlik doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasining şahar va tumanlarida hududiy konferensiyalar ötkazilmoqda. Ana şunday tadbirlar Nukus şahri, Nukus va Xöjayli tumanlarida bölib ötdi.
Ularda partiya faollari, mahalliy Kengaşlar deputatlari, boşlanğiç taşkilotlar aʼzolari hamda turli soha vakillari iştirok etdi. Yiğilişlarda hisobot davrida amalga oşirilgan işlar sarhisob qilinib, istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Konferensiyalar kun tartibidan partiyaning navbatdagi kongressiga delegatlar saylaş masalasi ham örin oldi. Bunda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan, taşabbuskorligi va amaliy natijalari bilan ajralib turgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoşlar hamda xotin-qizlar orasidan munosib nomzodlarni ilgari suriş muhimligi taʼkidlandi.
Şuningdek, partiyaning yangi siyosiy dasturi loyihasi atrofliça muhokama qilinib, uni hududlarning öziga xos xususiyatlari va elektorat manfaatlaridan kelib çiqqan holda takomillaştiriş yuzasidan takliflar bildirildi.
Boşlanğiç taşkilotlar faolligini oşiriş, aholi bilan muntazam muloqot olib boriş, deputatlik korpusi imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbirlar yakunida ilgari surilgan taşabbuslarni umumlaştiriş va navbatdagi kongressga delegatlar saylaş böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi.
[gallery-32697]
Mazkur konferensiyalar partiyaning hududiy tuzilmalari faoliyatini tahlil qiliş, elektorat bilan işlaş samaradorligini oşiriş hamda kelgusidagi siyosiy dasturiy vazifalarni belgilaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA