Haftalik samimiy muloqot va fikr-mulohazalarga boy bölmoqda
Surxondaryo viloyatida respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati hamkor taşkilotlar bilan “Maʼrifat haftaligi” tadbirlarini ötkazmoqda.
Uç kun davomida eng tajribali maʼrifatçilar Sariosiyo, Uzun, Denov, Şörçi, Qumqörğon, Jarqörğon va Termiz şaharlaridagi maktab öquvçilari, taʼlim muassasalari talabalari, mahalla aholisi, davlat va harbiy xizmatçilar davrasida bölib, qiziqarli uçraşuvlar, mahorat darslari va madaniy tadbirlar taşkil etadi.
Keça Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Sariosiyo tumani filialida “Uyğoq idrok” loyihasi asosida “Konstitutsiya – inson qadri uluğlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzuiga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi. Unda talaba-yoşlarga Boş Qomusimizda inson huquq va erkinliklariga berilgan eʼtibor, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bağrikenglik haqida atrofliça söz yuritildi.

Axborot madaniyati, internetdan oqilona foydalaniş va zararli ğoyaviy taʼsirlarga tanqidiy yondaşiş xususida fikr almaşildi. Bu mavzular ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarning manbasini tekşiriş, tarqatilayotgan maʼlumotga tanqidiy baho beriş va onlayn muloqotda özaro hurmatni saqlaş kabi kundalik masalalar bilan bevosita boğliqligi talabalarda katta qiziqiş uyğotdi.
Uzun tumanidagi 23-umumtaʼlim maktabida “Isteʼdodlar davrasi” mahorat darsida sanʼat va adabiyotga qiziqqan yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş, ularning tajribali ustozlardan saboq olişi uçun yaratilgan imkoniyatlarga eʼtibor qaratildi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining talabalar turar joyida taşkil etilgan “Gulxan atrofida” adabiy-badiiy oqşom isteʼdodli yigit-qizlarni adabiyot va sanʼat atrofida birlaştirdi.
Bugun Denovdagi oliy taʼlim muassasasida “Ilm – kelajak kaliti” loyihasi va Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatiga bağişlangan uçraşuv ötkazildi. Talabalar, magistrantlar va ilmiy tadqiqotçilar bilan zamonaviy ilm-fan sirlarini çuqur örganiş, taʼlim va izlaniş olib boriş uçun yaratilayotgan imkoniyatlar töğrisida yuzma-yuz muloqot qilindi. Tumandagi harbiy qismda ofitser va serjantlar uçun “Harbiy xizmatçining maʼnaviy qiyofasi va kasbiy masʼuliyat” mavzuidagi trening maşğulotlarida tinçligimiz posbonlarining xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondaşiş, jamoada kasb odobiga rioya etiş masalalariga, Şörçi tumanidagi 68-maktab-internatda “Inson qadri” loyihasi doirasida uyuştirilgan maʼrifiy tadbirda inson şaʼni va qadr-qimmatini eʼzozlaş, atrofdagilarga hurmat va eʼtibor bilan munosabatda böliş ğoyalariga eʼtibor qaratildi. Qumqörğon tumanidagi 33-umumtaʼlim maktabida “Mahalla bilan yuzma-yuz” loyihasiga muvofiq nuroniylar, otinoyilar, mahalla faollari, yoşlar va yoş oilalar vakillari iştirokida oçiq muloqot ötkazilib, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati tuşuntirildi. Iştirokçilarning savollariga javob berildi. Dil sözlari tinglandi.

Haftalik ertaga Jarqörğon tumani hokimligida davlat xizmatçilari uçun “Uyğoq idrok” loyihasi va “Konstitutsiya – inson qadri uluğlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzuiga bağişlangan uçraşuv bilan davom etadi. “Yaxşilik karvoni” loyihasi doirasida tuman tibbiyot birlaşmasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olinadi. Termiz şahridagi baxşiçilik sanʼatiga ixtisoslaştirilgan respublika maktab-internatida “Isteʼdodlar davrasi” mahorat darsi bölib ötadi. Dasturdan şuningdek, Surxondaryo viloyati futbol akademiyasi öquvçilari bilan uçraşuv, Termiz şahridagi “Yoş çegaraçilar” harbiy akademik litseyida “Yangi Özbekiston yoşlari – Vatan tayançi” loyihasi ham örin olgan.

Taniqli olimlar, ziyolilar, ijodkor va sanʼatkorlar, keng jamoatçilik vakillari iştirokida ötayotgan oçiq muloqot va boşqa maʼnaviy tadbirlar qatnaşçilarning Vatan ravnaqiga qöşayotgan hissasi, islohotlarga munosabati va jamiyat oldidagi masʼuliyatini keng namoyon etib, milliy qadriyatlar, yoşlar tarbiyasi, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini teran anglaş va Yangi Özbekistonda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatli bölmoqda.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri